Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATOning Atlantic Trident 25 havo mashg‘ulotlari ilk bor Finlandiyada o‘tkaziladi
AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Harbiy-havo kuchlari qatnashadigan harbiy mashg‘ulotlarga 40 dan ortiq samolyot va 1 ming kishiga yaqin shaxsiy tarkib jalb etiladi.

Foto: Global Look Press
16-27 iyun kunlari Finlandiyada NATOning Atlantic Trident 25 o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi. Unda mezbon davlatdan tashqari, AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Harbiy-havo kuchlari ham ishtirok etadi.
Qayd etilishicha, o‘quvlarga 40 dan ortiq samolyot va 1 ming kishiga yaqin shaxsiy tarkib jalb etiladi.
Samolyotlar Finlandiyaning Yuvyaskyulya shahridagi «Tikkakoski», Pirkkaladagi «Satakunta», Kuopiodagi «Rissala», shuningdek, Laplandiyadagi aviabazalardan havoga ko‘tariladi. Mashg‘ulotlar davomida quyidagi turdagi texnikalardan foydalaniladi:
- RQ-4D Phoenix uchuvchisiz uchish apparati;
- Finlandiyaning F/A-18 Hornet qiruvchilari;
- AQShning F-35A Lightning II va F-15E Strike Eagle qiruvchilari;
- AQShda ishlab chiqarilgan KC-135 Stratotanker yoqilg‘i quyuvchi samolyotlar;
- Britaniyaning Typhoon qiruvchilari;
- Fransiyaning Rafale qiruvchilari;
- E-3F uzoq radiolokatsion aniqlash samolyoti;
- A400M samolyoti;
- NH90 vertolyoti;
- Finlandiya Havo hujumidan mudofaa bo‘linmasi;
- Amerikaning Draken International harbiy kompaniyasi samolyotlari.
AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya ishtirokidagi Atlantic Trident o‘quv mashg‘ulotlari har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Joriy yilda ular ilk bor ishtirokchi uch davlatdan boshqasida o‘tkazilmoqda.
May oyida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov NATOga a’zo davlatlari «oldin neytral bo‘lgan Finlandiya va Shvetsiyani» o‘ziga «tortib olgani»ni ma’lum qilib, Rossiya chegaralarida «provokatsion harbiy mashg‘ulotlarni kuchaytirishda» davom etayotganini ta’kidlagandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

00:58
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi

21:58 / 14.07.2025
Yil boshidan beri urushda 100 ming rossiyalik askar halok bo‘ldi - NATO bosh kotibi

14:36 / 10.07.2025
Kansler Mers Germaniyaning NATOda yetakchi bo‘lishini xohlayapti

11:02 / 10.07.2025