Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vadim Abramov - O‘zbekiston milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi
Karlenovichga Timur Kapadze assistentlik qiladi.

Foto: KUN.UZ
«Bunyodkor» klubi ustozi Vadim Abramov O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma'lum qildi.
«Milliy terma jamoamizda bundan buyon Vadim Abramov bosh murabbiy sifatida faoliyat olib boradi. O‘FA Murabbiylar kengashi yurtimizdagi taniqli mutaxassislardan biri sanaladigan Vadim Karlenovich nomzodini ma'qulladi.
Bilasiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu mutaxassis boshchiligida Qatar yashil maydonlarida o‘tgan Osiyo kubogi-2011da qit'a birinchiliklaridagi o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etgan. Shuningdek, milliy terma jamoamizning o‘sha yorqin o‘yinlari muxlislarimizning hali ham yodida.
Vadim Abramovga murabbiylar shtabida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida uzoq yillar muvaffaqiyatli o‘yin ko‘rsatgan va endilikda murabbiylik sohasida ham qisqa vaqt ichida tez o‘sishga erishib, muxlislar ishonchini qozonishga ulgurgan Timur Kapadze yordam beradi.
Shuningdek, o‘zbek futboli muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan avstraliyalik tajribali mutaxassis Mirko Yyelichich futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bilan shug‘ullanadi. Darvozabonlar bilan esa Denis Ivankov ishlashda davom etadi», – deyiladi rasmiy axborotda.
O‘FA xabarida 57 yoshli mutaxassisning «Bunyodkor» bosh murabbiyi lavozimidagi kelgusi faoliyati bo‘yicha ma'lumot berilmagan. O‘z navbatida klub ham hozircha bu haqda bayonot bergani yo‘q.
Abramov «qaldirg‘ochlar»ni shu yilning yanvarida qabul qilib olgan, u OKMK boshqaruviga o‘tgan Mirjalol Qosimovning o‘rnini egallagandi. Jamoa Superliga yakunlanishiga 6ta tur qolgan bir vaqtda 3-o‘rinda bormoqda. Ikkinchi pog‘onadagi «Lokomotiv» bilan oradagi farq 3 ochkoga teng.
O‘zbekiston Liga kubogidagi ishtirokini yakunlagan «Bunyodkor» 26 sentabr kuni O‘zbekiston kubogining bitta o‘yindan iborat yarim finali doirasida Olmaliqda OKMK mehmoni bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun milliy jamoani bir yildan oshiqroq vaqt boshqarib kelgan argentinalik Ektor Kuper bilan shartnoma ikki tomonning kelishuvi asosida bekor qilingani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston milliy jamoasi navbatdagi o‘yinini JCh-2022 saralashi doirasida 10 oktabr kuni Toshkentda Yamanga qarshi o‘tkazadi, 15 oktyabrda esa safarda Singapurga qarshi o‘ynaydi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

19:51 / 12.02.2025
DXX raisi Bahodir Qurbonov nomzodi O‘FA prezidentligiga ilgari surildi

20:13 / 22.01.2025
Temur Kapadze O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

19:43 / 21.01.2025
Abdusalom Azizov O‘FA rahbarligidan ketdi

21:04 / 29.11.2024