Sirdaryo tumani 2-sektor rahbari tashabbusi bilan, hududda joylashgan 10 ta umumta'lim maktablarida iyun-avgust oylarida hashar yo‘li bilan jami 270 mln. so‘mlik ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, 2019-2020 o‘quv yili uchun maktab o‘quvchilariga sharoitlar yaratib berildi.
Jumladan, 34-maktabni 420 kv. metr zali, 39-maktabni 100 kv. metrli foyesiga kafel qoplandi, 19-maktabni 600 kv.metr hovlisi betonlashtirildi, 16-maktabning 5-sinfi tarket bilan qoplandi.
Bunday xayriya tadbirlarining amalga oshirilishi fuqarolarning roziligini ta'minlab, aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Asqarali G‘ayratov,
Sirdaryo tuman Xalq qabulxonasi mutaxassis