Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO davlatlari ortidan ayg‘oqchilik qilgan Rossiya kemasi bortida yong‘in chiqdi
Kema Shimoliy Atlantika alyansi tomonidan berilgan yordam taklifini rad etgan. Manbalarga ko‘ra, Rossiya kemasi yong‘in vaqtida Turkiya Harbiy-dengiz kuchlari o‘quvini kuzatayotgan bo‘lgan.

Rossiyaning «Kildin» rezvedka kemasi 23 yanvar kuni Suriya sohillari yaqinida kutilmagan favqulodda holatga duch keldi: yong‘in boshlanib, kema boshqaruvni yo‘qotdi, deb xabar beradi Associated Press.
Qayd etilishicha, agentlik qo‘lga kiritgan ma’lumotlar NATOga a’zo davlatlardan birining harbiylari tomonidan taqdim etilgan. Shu bilan birga, Rossiya rasmiylari Qora dengiz floti razvedka kemasi bortida kuzatilgan muammolar to‘g‘risida xabar bermagan. Ta’kidlanishicha, «Kildin» Shimoliy Atlantika alyansi kemasi tomonidan berilgan yordam taklifini rad etgan. AP manbalariga ko‘ra, Rossiya kemasi yong‘in vaqtida NATO a’zosi hisoblanuvchi Turkiya Harbiy-dengiz kuchlari o‘quvini kuzatish bilan shug‘ullangan.
Yong‘in qanday sababga ko‘ra yuzaga kelgani noma’lum. Qayd etilishicha, jamoa to‘rt soat davomida olovga qarshi kurashgan va hatto qutqaruv qayiqlarida evakuatsiyaga ham tayyorlangan, ammo oxir-oqibat yong‘in o‘chirilgan. AP qo‘lga kiritgan audiolarda aytilishicha, «Kildin» ekipaji kema boshqaruvini yo‘qotgan. Shu bois kema «Milla Mun» yuk tashuvchi kemasidan (Togo bayrog‘i ostida suzuvchi) to‘qnashuvdan qochish uchun yo‘nalishni o‘zgartirishni so‘ragan. Kema berilgan so‘rovni bajargan.
Agentlik suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, ekipaj kema nazoratini qayta qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan va hozirda «Kildin» Suriyadagi Tartus porti yaqida razvedka vazifalarini bajarmoqda. Unga nomi oshkor etilmagan fregat va ta’minot kemasi hamrohlik qilmoqda.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Associated Press so‘roviga javob berar ekan, mazkur voqea bo‘yicha ma’lumotga ega emasligini bildirgan. Shuningdek, u bitta holat orqali Rossiya harbiy-dengiz flotining ahvoli haqida xulosalar chiqarib bo‘lmasligini ta’kidlagan. Rossiya Mudofaa vazirligi vaziyatga rasmiy izoh bermagan.
Avvalroq Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Hili Rossiyaning «Yantar» okeanografik kemasi Britaniya hududiy suvlariga kirganini ma’lum qilgandi.
BBC maqolasida «Yantar» «ayg‘oqchi kema» deya ta’riflangan. Hilining ma’lum qilishicha, ushbu voqea — «kuchayib borayotgan Rossiya bosqiniga» yana bir misoldir. «Prezident Putin bu xabarni eshitishini istayman: biz sizlarni ko‘rdik, nima qilayotganingizni bilamiz va mamlakatimizni himoya qilish uchun qat’iy choralar ko‘rishdan qochmaymiz», — deydi mudofaa vaziri.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi
O‘zbekiston | 16:19
-
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda
O‘zbekiston | 16:13
-
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi
O‘zbekiston | 16:05
-
Frontdagi vaziyat: Rossiya piyodalari Pokrovskka kira boshladi
Jahon | 16:02
Mavzuga oid

15:25
Rossiya universitetlarining o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalari oshishi mumkin

14:15
Moskva sudi jurnalist Yuriy Dudni sirtdan hibsga oldi

11:50
Rossiya neft mahsulotlarining YeIga importi bo‘yicha taqiq yarim yilga qoldirildi

11:10