Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq dog‘lar hukm emas: Vitiligoni O‘zbekistonda davolash mumkin

Xalq orasida «oq dog‘» nomi bilan ma'lum bo‘lgan vitiligo xastaligi uzoq davrlardan beri davolanmas kasallik deb qaralgan. Teri rangining kuchli o‘zgarishi, oq dog‘lar bilan kechuvchi mazkur kasallik bemor uchun umrbod «hukm»dek qaralgan. Ammo «vitiligo davolanmaydi» degan stereotip endi o‘tmishda qoldi. Uni mutaqo asoratsiz va og‘riqsiz davolash mumkin. Eng ahamiyatlisi, buning uchun Hindistonga yoki Yevropaga borish shart emas. O‘zbekistonning o‘zidayoq bu muammoga yechim topish mumkin. Dermatovenerologiya markazida yo‘lga qo‘yilgan yangi lazer texnologiyasi asosidagi jarrohlik amaliyotini o‘tkazish bilan bu injiq xastalikni batamom bartaraf etish mumkin.
O‘zbekistonda dermatovenerologiya xizmatini yaxshilash uchun teri va tanosil kasalliklarini tekshirish va davolashning yangi standartlarini ishlab chiqish, tashxislash va muolajada kompyuterlashtirish, dispanserlashni joriy qilish talab etiladi. Shu maqsadda «O‘zbekiston Respublikasida 2017-2021 yillarda dermatovenerologiya xizmatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan. Qarorga ko‘ra, barcha dermatovenerologiya xizmati muassasalari yuqori texnologiya asosida ishlovchi uskunalar bilan ta'minlanmoqda, mutaxassis kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ilmiy maktablar tashkil qilinmoqda, ilm-fanning yangi yutuqlari amaliyotga tatbiq etilmoqda.
So‘nggi davrda O‘zbekiston tibbiyotida sezilarli islohotlar kuzatilayotganiga misol, dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiyaning dolzarb muammolari va yutuqlarini muhokama qilish uchun an'anaviy o‘tkaziladigan xalqaro anjumanga joriy yilning 6-7 sentabr kunlari Toshkent shahri mezbonlik qildi. Jahonga mashhur professor olimlar Toshkentda jam bo‘lib, soha rivojidagi so‘nggi yangiliklar, yutuq va kamchiliklar yuzasidan mahorat almashishdi.
MDH davlatlari orasida aynan O‘zbekistonda ilk bor vitiligoni jarrohlik yo‘li bilan davolashning yo‘lga qo‘yilgani ham dermatovenerologiya sohasidagi tub burilishlarning isbotidir. Ilgari vitiligodan shifo izlab boshqa davlatlarga borishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, endi buni O‘zbekistonning o‘zidayoq amalga oshirish mumkin.
Mazkur jarrohlik amaliyoti nimadan iborat? Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga AQShning Candella kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Picoway va Vbeam Perfecta lazer texnologiyalari olib kelingan bo‘lib, ular yordamida teridagi dog‘ va nuqsonlarni mutlaqo asoratsiz bartaraf etish imkoni mavjud. Jarrohlik amaliyoti sog‘lom teridan melanotsitlarni ko‘chirib o‘tkazish, oq dog‘larni choksiz usulda davolashni nazarda tutadi. Eng muhimi, jarayonda bemor hech qanday og‘riqni sezmaydi!
268 ming AQSh dollariga baholanuvchi mazkur lazer texnologiyalar dunyo tibbiyotida vitiligoni davolash uchun qo‘llanilayotgan eng kuchli, sifatli va samarali terapiya hisoblanadi.
Vitiligoga «bas» deng va oq dog‘lar hayotingizning yorqinligiga xalal berishiga yo‘l qo‘ymang. Og‘riqsiz, asoratsiz, samarali lazer jarrohligi orqali oq dog‘larni hayotingizdan o‘chiring!
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Forobiy ko‘chasi, 3
Telegram: t.me/dermatology_uz
Instagram: @dermatology.uz
Facebook: fb.com/dermatology.uzbekistan
Murojaat uchun telefonlar: +99893 0010085, +99890 9352025, +99894 6374043
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

14:12 / 14.09.2019
«Husnbuzar orqasidan o‘z joniga qasd qilish ham uchrab turadi. Ular kasallikni davolab bo‘lmaydi deb o‘ylashadi». Dermatovenerolog bilan suhbat

09:00 / 05.09.2019
6-7 sentabr kunlari «Dermatovenerologiya va estetik tibbiyotning dolzarb muammolari» nomli xalqaro ilmiy amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi

13:00 / 04.09.2019