Har yili dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiyaning dolzarb muammolari va yutuqlarini muhokama qilish uchun an'anaviy o‘tkazib kelinadigan anjuman yana Toshkentda ish boshlaydi.
Anjumanda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Ruminiya, AQSh, Italiya va jahonning boshqa mamlakatlaridan yetakchi mutaxassislar tashrif buyurishadi. Qatnashchilar bugungi kundagi dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya soxasida amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklarni muhokama qilishadi. Yilda bir marotaba o‘tkaziladigan bunday anjumanlar tibbiyot rivojida juda muhim hisoblanadi.
Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiy markazi bosh muassasa sifatida boshqa teri-tanosil kasalliklari tashkilotlari bilan vertikal tizimda ish olib boradi.
«Hozirgi kunda markazda 120 ta ilmiy xodim va vrachlar shulardan 13 ta tibbiyot fanlari doktori, 22 ta tibbiyot fanlari nomzodlari boshqa kafedralar va tibbiy muassasalar bilan birgalikda jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklar va har xil teri kasalliklarini zamonaviy diagnostikasi va davoash usullari borasida davlat programmasiga asoslanib ish olib borilmoqdalar. Markaz yosh kadrlarni yetishtirishda, ilmiy salohiyatini oshirishda, dermatovenerologiyaning turli muammolariga bag‘ishlangan konferensiya va s'yezdlarni o‘tkazishda katta hissa qo‘shmoqda. Bunday Xalqaro anjumanlarning o‘tkazilishi yosh tadqiqotchi olimlarimiz uchun mahorat darsi bo‘lib ximat qiladi», – deydi Respublika ixtisoslashtirilgan Dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Sabirov Ulug‘bek Yusupxanovich.
Dermatovenerologiya sohasi bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston respublikasi, Tojikiston respublikasi, Ukraina va Ozarbayjonning instituti va markazlari bilan hamkorlik memorandumi imzolangan. Bu esa markazning keng imkoniyatlarini yana bir bor ko‘rsatadi. Markazda xalqaro hamkorlikda yetakchi ilmiy professional assotsiatsiyalardan Rossiya, AQSh, Belarussiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon markazlari va xalqaro tashkilotlar International Society of Dermatology, USAID, UNDP, JSST bilan birga ilmiy loyihalarda amalga oshirilmoqda.
Dunyoga mashhur professor olimlar Toshkentda!
6 sentyabrda Toshkent shahridagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida Xalqaro anjuman o‘z ishini boshlaydi. Anjumanda ishtirok etish uchun jahonning turli mintaqalaridan professional, yetakchi va eng kuchli mutaxassislar tashrif buyurishadi. Xalqaro anjumanda jahonning eng yetakchi professor olimlaridan: Sabirov U.Yu. (Toshkent, O‘zbekiston), Diehl Christian Guy (Fransiya), Lukyanov A.M. (Minsk, Belarus), George Reizner (Madison, AQSh), Victor-Gabriel Clátici (Buxarest, Ruminiya) va boshqalarning ishtiroki kutilmoqda.
Ikki kun davom etadigan Xalqaro anjuman kun tartibida 15 ta seksiya majlisi va mahorat darslarini o‘z ichiga oladi. Anjuman doirasida:
- «Dermatozlarni patogenezi, diagnostikasi va davolashning zamonaviy yo‘nalishlari»;
- «Kosmetologiya: dolzarb vazifalarni amaliy yechimlari»;
- «JYOYuI va urogenital infeksiyalarni diagnostikasi va davolashdagi yangi yutuqlar»;
- «Bugungi kunda lazerli texnologiyalar»;
- «Kosmetologiya bo‘yicha mahorat darslari»;
- «Yuz konturini to‘g‘rilash va yuz terisini yoshartirish usullari»;
- «Dermatozlarni diagnostikasi, davolash va oldini olishning ustuvor yo‘nalishlari»;
- «Bolalar dermatovenerologiyasi: eski muammolarga yangicha nuqtai nazar» kabi mavzulardagi ma'ruza va mahorat darslaridir.
Shuningdek, anjumanda farmatsevtik va kosmetologik kompaniyalar, test-tizimi ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlar, shuningdek tibbiy va laboratoriya jihozlari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Forobiy ko‘chasi, 3
Telegram: t.me/dermatology_uz
Instagram: @dermatology.uz
Facebook: fb.com/dermatology.uzbekistan
Murojaat uchun telefonlar: +99893 0010085, +99890 9352025, +99894 6374043
Reklama huquqi asosida