Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH davlatlari orasida ilk bor noyob jarrohlik amaliyoti O‘zbekistonda amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasining dermatovenerologiya xizmatini yaxshilash borasida oldinda turgan dolzarb masalalar qatoriga teri va tanosil kasalliklarini tekshirish va davolash standartlarini ishlab chiqish, barcha bosqichlarda ularni tatbiq etish va mustahkamlash, kompyuterlashtirish, dispanserlash va boshqalar kiradi. Bu masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ham davlat yig‘ilishlarida ta'kidlab o‘tilgan. Shuning asosida O‘zR VMning 2017 yil 31 iyuldagi №563 qarori «O‘zbekiston Respublikasida 2017-2021 yillarda dermatovenerologiya xizmatini yaxshilash chora-tadbirlari» qabul qilindi. Bunga asosan barcha dermatovenerologiya xizmati tashkilotlari yuqori texnologiyali asboblar bilan ta'minlanmoqda, mutaxassis kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ilmiy maktablar tashkil qilinmoqda, amaliyotga esa ilmning yangi yutuqlari tatbiq etilmoqda.
Buning natijasida O‘zbekistonda MDH davlatlari orasida ilk bor, xalq tilida oq dog‘ deb ataladigan vitiligo kasalligini jarrohlik yo‘li bilan davolash yo‘lga qo‘yildi.
Aslida kasallikning yaxshisi bo‘lmaydi, ularning barchasi noxushlik olib keladi. Vitiligo xastaligi esa dilni xira qiluvchi kasalliklar safiga kiradi. Xalq tilida «oq dog‘» nomi bilan tarqalgan ushbu kasallik necha yillardan beri insonlarni qiynaydi.
Kasallikni davolovchi usullar juda ko‘p, xalq tabobatida ham, tibbiyotda ham ko‘plab tajribalar o‘tkazilgan. Ammo bu injiq xastalikni birdaniga tuzatib yuborish qiyin. Bunday davolanish usulidan biri malakali jarrohlik amaliyotidir va u faqatgina jahonning boshqa rivojlangan mamlakatlarida amalga oshirilar edi. Endi esa bu o‘tmishga aylandi. Davlatimiz rahbarining aholining salomatligi, sog‘lom turmush tarziga ko‘rsatayotgan katta e'tibori o‘laroq bunday jarrohlik amaliyotini endi O‘zbekistonda ham amalga oshirsa bo‘ladi.
Bu jarrohlik usuli – sog‘lom teridan melanotsitlarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘lib, oq dog‘larni choksiz usulda davolashdir.
Bundan tashqari, Prezidentimiz topshirig‘i bilan Respublika ixtisoslashtirilgan Dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida AQShning Candella kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Picoway va Vbeam Perfecta kabi lazer texnologiyalari olib kelindi va endilikda ular yordamida teridagi boshqa turdagi dog‘ va nuqsonlarni butunlay bartaraf etish imkoni paydo bo‘ldi.
268 ming AQSh dollariga keltirilgan bu lazer texnologiyalar dunyo tibbiyotida keng foydalaniladigan eng kuchli va sifatlisi hisoblanadi. Keltirilgan zamonaviy tibbiy anjomlar yordamida yuzdagi va teridagi turli nuqsonlar, kasalliklardan osongina xalos bo‘lish mumkin.
Endi hech qanday choksiz, og‘riqlarsiz lazer texnologiyalar orqali kasallikdan qutulish imkoni bor. Bunday yangilik nafaqat sog‘liqni saqlash sohasida katta yutuq, balki turizm sohasi rivojiga ham ulkan hissa qo‘shadi. Avvallari bemorlar rivojlangan Yevropa mamlakatlariga borib bunday jarrohlik amaliyotini o‘tab qaytgan bo‘lsa, MDH mamlakatlari aholisi endi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bunday harakatlar albatta O‘zbekiston imijini xalqaro miqyosda yanada yuksaltirishga qo‘shilayotgan bir qadamdir.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Forobiy ko‘chasi, 3
Sayt: dermatology.uz
Murojaat uchun telefonlar:
+99893 0010085
+99890 9352025
+99894 6374043
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Estoniya NATO qaroriga muvofiq mudofaa xarajatini oshiradi
Jahon | 11:02
-
Tramp Moldova va yana yetti davlatga bojlar joriy qilmoqda
Jahon | 10:39
-
Rossiya Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan hujum qildi
Jahon | 10:20
-
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi
Jamiyat | 10:16
Mavzuga oid

09:00 / 16.09.2019
Oq dog‘lar hukm emas: Vitiligoni O‘zbekistonda davolash mumkin

14:12 / 14.09.2019
«Husnbuzar orqasidan o‘z joniga qasd qilish ham uchrab turadi. Ular kasallikni davolab bo‘lmaydi deb o‘ylashadi». Dermatovenerolog bilan suhbat

09:00 / 05.09.2019