Sanches «Inter»ga o‘tdi

Sport 07:48 / 30.08.2019 6865

«Manchester Yunayted» hujumchisi Aleksis Sanches faoliyatini «Inter»da davom ettiradi.

Italyanlar klubi ushbu chililik futbolchini 2020 yil yoziga qadar ijaraga olganini e'lon qilgan.

Xabar qilinishicha, milanliklar keyingi yil yozida Sanchesni 15 mln yevro evaziga to‘liq transfer qilish huquqiga ega.

Aleksis «Manchester Yunayted»ga 2018 yil yanvarida «Arsenal» safidan o‘tgandi. Ushbu forvard muqaddam «River Pleyt», «Kolo-Kolo», «Kobreloa», «Udineze» va «Barselona klublari safida ham o‘ynagan.

O‘tgan mavsumda 30 yoshli futbolchi «Manchester Yunayted» safida Premer-liganing 20 uchrashuvida ishtirok etib, 1 gol urgandi. Uning manchesterliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yoziga qadar.

Bundan avvalroq «Inter» «MYu»ning boshqa bir hujumchisi Romelu Lukakuni o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: