Indzagi jarima maydonini betonladi
Inter — Arsenal 1:0
Gol: Chalxono‘g‘li (45+3, penalti).
Inter – Zommer, Bissek, de Vrey, Pavar, Darmian, Dumfris, Zelinski (Mxitaryan, 62), Chalxono‘g‘li (Aslani, 71), Frattezi (Barella, 62), Martines (Tyuram, 62), Taremi (Dimarko, 79).
Arsenal – Rayya, Timber (Zinchenko, 82), Gabriel, Saliba, Uayt, Merino (Jyezus, 46), Parti, Martinelli, Saka, Haverts (Edegor, 90+3), Trossar (Nvaneri, 82).
Ogohlantirishlar: Gabriel (15), Martines (15), Jyezus (68), Barella (68).
«Inter» va «Arsenal» Chempionlar ligasia yaxshi start olib, uch turda yettitadan ochko jamg‘ardi. Bu top-8 ga kirish uchun yaxshi imkoniyat. Ammo jamoalarni o‘zaro uchrashuv kutayotgandi.
Birinchi bo‘lim biroz g‘alati kechdi. Eng qiziqarli voqealar ilk va oxirgi daqiqalarda kuzatildi. Bo‘limning katta qismini esa «Inter» va «Arsenal» maydon markazidagi kurash bilan o‘tkazdi. Ikkinchi daqiqada Denzel Dumfris qulay imkoniyatni qo‘ldan chiqardi: niderlandiyalik himoyachi jarima maydoni markazida turib to‘pni darvoza to‘siniga qarata yo‘lladi.
Keyin esa «taktik o‘yinlar» boshlanib ketdi. Simone Indzagi ham, Mikel Arteta ham shogirdlaridan o‘z jarima maydonida vaziyatlar yaratilishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qilishdi. Lekin bu jamoalar hujumga o‘tmaganini anglatmaydi. Mahdi Torimiy «Arsenal» darvozasi tomon xavf solib turdi, Bukayo Saka esa vaqti-vaqti bilan o‘ng qanotidan xavfli yorib kirishlarni amalga oshirdi. Ammo eng muhim epizod 45+1-daqiqaga borib ro‘y berdi.
Bo‘lim oxirida Hoqon Chalxono‘g‘lining uzatmasi jarima maydoni ichidagi Torimiyga yetib bordi. Eronlik hujumchi darvozaga orqa turgan holda to‘pni Mikel Merinoning qo‘liga tekkizdi. Hakam Ishtvan Kovach ikkilanmasdan «nuqta»ni ko‘rsatdi va Chalxono‘g‘li sovuqqonlik bilan zarba berib, hisobni ochdi – 1:0. Indzagi ikkinchi bo‘lim uchun qulay ssenariyga ega bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limni «Arsenal» hujumlar yomg‘iri bilan boshladi: «Inter» hisobga o‘ynadi va o‘ta pragmatik harakatlandi. Burchak zarbasidan keyin Vilyam Salibada yaxshi imkoniyat bo‘ldi, ammo u to‘pga to‘g‘ri zarba bera olmadi. Keyin esa Dumfris darvoza to‘riga borayotgan to‘pni chiziq ustida qaytarib qoldi. Boshqa hujumda Kay Havers to‘pni darvozabon ustidan oshirib qo‘ymoqchi bo‘ldi, ammo Zommer to‘pga bir amallab ulgurdi. Germaniyalik hujumchining boshqa zarbasidan keyin darvozabon ojiz qolgandi, ammo himoyachi Yann Bissekk to‘p yo‘lini to‘sib chiqdi.
Bo‘lim o‘rtalarida Simone Indzagi futbolchilarni almashtirish orqali jamoasini yangiladi: avvaliga Mxitaryan, Tyuram va Barella, keyinroq — Dimarko o‘yinga qo‘shildi. Ammo «Inter»ning o‘yini o‘zgarmadi — jamoa chuqur himoyalandi va faqat qarshi hujumlarga tayandi. Edegorsiz o‘ynayotgan «Arsenal»ning hujumlarida esa rang-baranglik yetishmadi va to‘p faqat yuqoridan jarima maydoniga yetkazib berildi. Indzagi jamoasi bunday ssenariyda o‘zini juda ishonchli his qildi. Burchak zarbalari bo‘yicha 0:13 va darvoza sohasiga to‘g‘ri borgan zarbalar bo‘yicha 1:4 (jami zarbalar 7:20) holatida ham. «Inter» jarima maydoniga to‘xtovsiz uzatmalarning barchasi besamar ketdi.
O‘yin oxirida «Arsenal» to‘liq kuch bilan oldinga tashlandi, ammo «Arsenal» baribir milanliklar devoridan o‘ta olmadi va raqib uch ochkosini saqlab qoldi. Londonliklar APLda qatorasiga uch turda g‘alaba qozona olmagandi, endi esa kolleksiyaga Chempionlar ligasidagi ilk mag‘lubiyat ham qo‘shildi. Artetada kichik inqiroz kuzatilmoqda.
Rafinya Messi ritmida
Tsrvena Zvezda — Barselona 2:5
Gollar: Silas (27), Milson (84) — Levandovsi (13), Martines (43, 53), Rafinya (55), Lopes (76).
Tsrvena Zvezda – Ilich, Rodich (Milson, 59), Spayich, Jiga, Sol Yon U, Maksimovich (Ilich, 72), Elshnik, Kanga (Dalsiu, 72), Krunich, Silas (Prutsev, 83), Ndiayye (Katai, 82).
Barselona – Penya, Martin, Martines, Kubarsi (Dominges, 67), Kunde, Kasado, de Yong (Gavi, 68), Pedri (Olmo, 58), Rafinya (Lopes, 58), Yamal, Levandovski (Viktor, 78).
Ogohlantirishlar: Ndiayye (61), Spayich (64).
«Barselona» mudofaasi chizig‘ini juda oldinda joylashtirish bilan tavakkalchilik qilishda davom etmoqda va «Tsrvena Zvezda»ning tezkor goli ofsayd tufayli bekor qilindi. Bu Hansi Flik jamoasi raqiblari yuzinchi marta (!) o‘yindan tashqari holatda qolishi bo‘ldi. Keyin esa o‘yin kutilgan ssenariy bo‘yicha ketdi va Rafinya jarima nuqtasidan oshirib bergan to‘pni Inigo Martines bosh bilan darvoza to‘riga yo‘lladi. Bu goldan keyin barcha katalonlar hisobni yiriklashtirishiga tayyorgarlik ko‘ra boshladi, ammo serblar hisobni tenglashtirdi, Krunich to‘pga bir teginishda Silasni darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqardi. Bu safar Martin orqada qolib ketgani uchun mehmonlarning ofsayd qopqog‘i ish bermadi.
Favorit ko‘proq kuch sarflashiga to‘g‘ri keldi va Levandovski ikkinchi urinishida darvoza to‘rini ishg‘ol qildi, Rafinyaning zarbasidan keyin to‘p ustundan uning oyog‘iga qaytib kelganida unga hech kim xalal bermadi. Ushbu polyak hujumchisi Belgraddagi ushbu stadionda YeChL doirasidagi o‘yinlarda mezbonlar darvozasiga eng ko‘p gol urgan futbolchidir. Ikkinchi bo‘lim boshidagi ikkinchi golidan keyin Levandovski Serbiya poytaxtidagi o‘yingohda urgan gollari sonini oltitaga yetkazdi, «Zvezda» darvozasiga urgan jami gollari sonini — yettitaga. Robert boshqa hech bir klubni bu qadar ko‘p ranjitmagan.
Bu mavsumda u kabi Rafinya ham sermahsul harakat qilmoqda va Messi davrini yodga olmoqda. Gap shundaki, braziliyalik vinger joriy yil boshidan buyon Chempionlar ligasida sakkiz gol urib ulgurdi va ko‘k-anorranglilarda bunday sermahsullik so‘nggi besh yil davomida, Leo o‘ynagan davrdan buyon kuzatilmagandi. Himoyachi Kunde esa assistentlar bo‘yicha het-trik qilgani bo‘ldi. Tanaffusdan keyin sochilib ketgan «Zvezda» esa o‘yin oxirida Milsonning aylanma zarbasi bilan hisobni biroz qisqartirdi.
Bu o‘yindagi yana bir e’tiborli holat 64-daqiqada kataloniyaliklarning 17 yoshli himoyachisi Pau Kubarsining yuzi qonga belanishi bo‘ldi.
Urosh Spayich uning yuziga butsasining ostki qismi bilan zarba berdi va shifokorlar maydonga chiqib kelishdi. O‘yindan keyin uning yuziga o‘nta chok tushgani ma’lum qilindi.
Parijdagi shok
PSJ — Atletiko 1:2
Gollar: Zair Emeri (14) — Molina (18), Korrea (90+3).
PSJ – Donnarumma, Mendesh, Pacho, Markinos, Hakimi, Joau Nevesh (Fabian Ruis, 67), Vitinya, Zair-Emeri (Kolo-Muani, 73), Barkolya, Asensio (Li Kan In, 67), Dembele (Due, 90).
Atletiko – Oblak, Galan (Reynildu, 60), Langle, Vitsel, Molina, Gallaher (Lino, 78), Barrios, De Pol (Koke, 60), Simeone (Rikelme, 60), Alvares (Korrea, 67), Grizmann.
Ogohlantirish: Korrea (87).
Neymar, Messi va Mbappe bilan birin-ketin xayrlashgan, shu bilan birga, tarkibni yoshartirishni boshlagan «PSJ» Chempionlar ligasining bu mavsumiga umuman tayyor emasligi ko‘rinib qoldi. Aniqrog‘i — top-o‘yinlar ko‘paygan yangi formatga. Qolaversa, yulduzli tarkibga ega bo‘lmagan raqiblar ham qiyinchilik tug‘dirmoqda. Tarkibidagi asosiy yetakchilarni sotib yuborgach, bu mavsumni o‘ta muvaffaqiyatsiz o‘tkazayotgan «Jirona» bilan 1:0 (qo‘shimcha daqiqalarda darvozabon Gassaniga nomiga yozilgan avtogol). Keyin — PSV bilan uydagi durang (1:1). O‘z darajasidagi raqiblar bilan o‘yinlarda esa hozircha ochkolar yo‘q, avvaliga «Arsenal» maydonida 0:2 hisobida yutqazgan Luisa Enrike jamoasi «Atletiko» bilan o‘yin oxirida gol o‘tkazib yutqazdi.
Holbuki barchasi ajoyib boshlangandi va madridliklarning qo‘pol xatosi Dembele va Zair-Emeri hisobni ochuvchi golni tashkillashtirishiga olib kelgandi. Lekin Diyego Simeone jamoasi tezda javob qaytardi, jamoadagi argentinaliklar — De Paul, Juliano Simeone, Alvares ishtirokidagi kombinatsiya yakunida Grizmann yana bir argentinalik Molinani golli pas bilan ta’minladi.
Qo‘shimcha daqiqalarda ideal joker Korreaning goli esa «PSJ» uchun shafqatsizlik bo‘ldi. Donnarumma o‘zi turgan joyga yo‘llangan va u qadar kuchli bo‘lmagan zarbani o‘tkazib yubordi.
Bungacha Fransiya chempionlarida g‘alaba qozonish uchun yetarlicha imkoniyatlar bo‘lgandi, zarbalar statistikasi 22:4 ko‘rinishini oldi, ammo ularning barchasi yo‘qqa chiqarildi, Markinos bir necha metr masofadan turib to‘pni darvozabonning o‘ziga yo‘lladi. Bu Luis Enrike uchun «Atletiko»dan uchralgan uchinchi mag‘lubiyat. Uning karerasida bundan ham noqulayroq raqib — faqat «Atletik» (to‘rt mag‘lubiyat). Parijliklar umumiy jadvalda 25-o‘ringa tushishdi, jamoaning qolgan turlardagi raqiblari — «Bavariya» (safar), «Manchester Siti» (uy), «Shtutgart» (safar) va «Zalsburg» (safar).
Keyn assistent rolida
Bavariya — Benfika 1:0
Gol: Musiala (67).
Bavariya – Noyyer, Devis, Kim Min Chje, Upamekano, Laymer, Palinya, Kimmix, Olise (Sane, 56), Gnabri (Koman, 72), Musiala (Myuller, 90+2), Keyn.
Benfika – Trubin, Fernandes, Kabore (Pavlidis, 46), Antoniu Silva, Otamendi, Tomash Arauju, Kekchyu (Artur, 79), Eursnes, Sanshesh (Rolheyser, 86), Akturko‘g‘li (Di Mariya, 56), Amduni (Beste, 46).
Ogohlantirishlar: Kabore (26), Ko‘kchu (71), Musiala (73).
Uch turdan keyin o‘zi uchun kamtarona to‘rt ochkoga ega bo‘lib turgan «Bavariya» o‘z o‘yinini qolganlardan ancha kechroq boshladi. Metro kechikishi tufayli barcha muxlislar stadionga yetib kela olmagani inobatga olinib, o‘yinni o‘n besh daqiqa kech boshlashdi. O‘yin boshlangach esa bundesligada raqiblari darvozalariga armonsiz gol urayotgan myunxenliklar «Benfika» himoyasidan o‘ta olmadi.
Faqat ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga borib «burgutlar»ni taslim etishning uddasidan chiqildi, bavarlar burchak zarbasi ijro etilganida hujumni ikkinchi tempda davom ettirdi va Sanening uzatmasiga yetib borgan Keyn to‘pni Musialaga tashlab berdi. Bu g‘alaba Vensan Kompaniga vaziyatni biroz yaxshilash imkonini berdi. Oldinda «PSJ»ga qarshi qiyin o‘yin kutmoqda, ammo keyin «Shaxtyor», «Feyyenoord» va «Slovan» kabi ochko olish oson bo‘lgan raqiblar kutadi. Oxirgi ikki jamoaga qarshi o‘yinlar yanvarda bo‘lib o‘tadi.
Gasperini modeli
Shtutgart — Atalanta 0:2
Gollar: Lukman (61), Zaniolo (88).
Shtutgart – Nyubel, Mittelshtedt, Ruo, Cheyz (Shtensel, 81), Vagnoman, Karazor (Rider, 74), Shtiller, Fyurix (Shabo, 74), Miyo, Undav (Demirovich, 55), Ture (Malanga, 81).
Atalanta – Karnezekki, Kolashinats (Kossunu, 13), Hin, Jimsiti, Lukman (Breshianini, 85), Pashalich (de Ketelare, 46), Bellanova (Rujyeri, 85), Zappakosta, Ederson, de Ron, Retegi (Zaniolo, 69).
Ogohlantirishlar: Cheyz (41), Hin (44), Ederson (55), Demirovich (69), Bellanova (79).
Dam olish kunlari «Atalanta»ning «Napoli» ustidan g‘alabasini (3:0) Lukmanning ikki goli ta’minlagandi, ikki holatda ham nigeriyalik futbolchiga De Ketelare assistentlik qilgandi. Shtutgartda Jan Piyero Gasperini belgiyalikni zaxirada qoldirdi va bu qaror ham birinchi bo‘limda hisob ochilmasligiga ta’sir ko‘rsatdi deyish mumkin. Tanaffusdan keyin De Ketelare maydonga chiqdi va ajoyib yurish amalga oshirib, to‘pni Lukmanning oyoqlari ostiga tashlab berdi.
Bu bergamoliklarga hisob uchun o‘ynash imkonini berdi, o‘yin oxirida esa Dzaniolo oldinga chiqib ketgan mezbonlarni jazoladi. Gasperini modeli yaxshi ishlamoqda. Birinchidan, bu turnirda «Inter»dan tashqari faqat «Atalanta» hamon o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolmoqda. Ikkinchidan, bu jamoa ushbu turnirda o‘ndan ortiq o‘yin o‘tkazgan jamoalar orasida safardagi g‘alabalar bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etmoqda (13 o‘yinda 7 g‘alaba).
Yengilmas «Brest»
Sparta — Brest 1:2
Gollar: Olatunji (90+2) — Fernandes (27), Kayrinen (80, avtogol).
Sparta – Vindal-Yyensen, Kobbaut, Panak, Vitik, Rynesh (Sadilek, 85), Vizner, Kayrinen (Solbakken, 85), Lyachi (Suxomel, 85), Peshek (Tutsi, 78), Rrahmani (Danek, 64), Olatunji.
Brest – Bizot, Aydara, Kulibali, Shardonne, Lala, Dumbiya (Sala, 80), Balde (Pereyra Lajye, 74), Fernandesh (Manetti, 81), Le-Melu, Kamara (Marten, 81), Ajork.
Ogohlantirishlar: Ajork (23), Rinesh (69).
«Brest»ning ilk turlardagi muvaffaqiyati jamoada o‘ziga ishonch uyg‘otdi va Pragada mehmon bo‘lgan fransuzlar hujumkor o‘yin ko‘rsatdi. Avvaliga Dumbiya noqulay harakati bilan yuz foizlik imkoniyatni yo‘qqa chiqargan bo‘lsa, burchak zarbasidan keyin jarima maydonidan qaytib chiqqan to‘pni Fernandesh ideal zarbasi bilan golga aylantirdi.
Ikkinchi bo‘limda esa «Sparta» darvozaboni pressing ostida xatoga yo‘l qo‘yib, to‘pni Ajorkning oyog‘iga tashlab berdi, u esa Kayrinenni avtogol urishga majbur qildi. Endi «Brest» — unikal natija qayd etmoqda: «Aston Villa»ning mag‘lubiyatidan keyin fransuzlar Chempionlar ligasi nomli turnirda (1992 yildan buyon) biror marta yutqazmagan yagona jamoa bo‘lib qolmoqda. To‘g‘ri, Erik Rua jamoasida hali atigi to‘rt o‘yin o‘tdi, ammo bu bahslashib bo‘lmaydigan aniq raqamlar.
Emerida ilk mag‘lubiyat
Bryugge — Aston Villa 1:0
Gol: Vanaken (52, penalti).
Bryugge – Miniole, de Keyper, Mexele, Ordones, Seys, Yashari, Nilsen (Vetlesen, 76), Vanaken, Tsolis (Meyyer, 76), Olsen (Talbi, 72), Yutgla (Vermant, 90).
Aston Villa – Martines, Matsen, Mingz (Pau Torres, 66), Diyego Karlos (Nedelkovich, 80), Konsa, Tilemans, Kamara, Rojyers (Remzi, 66), Makginn (Duran, 58), Beyli, Uotkins (Buendia, 80).
Ogohlantirishlar: Nilsen (17), Diyego Karlos (25), Mingz (25), Vetlesen (78), Kamara (90+1), Konsa (90+5).
«Aston Villa»da «Bornmut» bilan o‘yindayoq g‘alabani qo‘ldan chiqarganida (1:1) kichik inqiroz alomatlari ko‘zga tashlana boshlagandi. Keyin esa birminghemliklar «Kristal Pelas»ga yutqazib, Liga kubogidan chiqib ketishdi va APL doirasida «Tottenhem» maydonida 1:4 hisobida yutqazishdi. Bryuggeda ham barchasi qiyin boshlandi, birinchi bo‘lim davomida jamoani ustun va Emiliano Martinesning seyvlari YeChLdagi ilk goldan saqlab turdi. Ammo ikkinchi bo‘lim boshida muqarrar ish baribir sodir bo‘ldi, «Villa» bu golni Vanaken aniq ijro etgan penaltidan o‘tkazdi.
Ammo mehmonlar bunda faqat o‘zini ayblashi mumkin, bu 11 metrlik zarba ahmoqona holatda belgilandi. Shu kuni YeChLda debyut qilgan Tayron Mings to‘pni o‘yinga kiritish vaqtida Martinesdan pas qabul qilib olganida to‘pni takroran o‘yinga kiritish kerak degan fikrga keldi (u katta ehtimol bilan to‘p darvozabon maydoni chizig‘idan o‘yinga kiritilishi kerak deb hisoblagan) va uni qo‘llari bilan chiziqqa olib kelib joylashtirdi.
Holbuki, qoidalarga ko‘ra, to‘pni istalgan nuqtadan o‘yinga kiritish mumkin edi.
Germaniyalik arbitr Tobias Shtiller bu holatni jarima maydoni ichida qo‘l bilan o‘ynash sifatida qayd etib, penalti belgiladi. VAR bunga qo‘shildi. Buni futbol tarixidagi eng ahmoqona penalti deb hisoblash mumkin.
Feyyenoord — Zalsburg 1:3
Gollar: Haj Musa (71) — Konate (45+2, 58), Gindo (86).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Konate (85).
Feyyenoord – Vellenroyter, Bueno, Gansko, Trauner, Lotomba (Najye, 46), Niukop (Smal, 68), Ivanushets (Zexiyel, 90), Hvan In Bom, Timber (Belen, 68), Osman (Haj Musa, 46), Payshao.
Zalsburg – Blasvix, Terzich, Baydu, Piontkovski, Kapaldo (Morgalla, 90), Diambu, Gurna-Duat (Gindo, 81), Klark, Glux, Konate (Dagim, 90+4), Dorjyeles (Yyeo, 81).
Ogohlantirishlar: Osman (21), Blasvix (66), Kapaldo (72).
Chetlatish: Najye (79).
«Feyyenoord» Lissabonda «Benfika» ustidan yorqin g‘alabaga erishganidan keyin mavsumni o‘ta yomon o‘tkazayotgan «Zalsburg»ning taqdiri hal bo‘lgandek ko‘ringandi. Lekin Rotterdamdagi o‘yinda mehmonlarning omadi keldi. Mezbonlar darvozaboni Vellenroyterom to‘pni o‘yinga kiritishda yo‘l qo‘ygan xato mehmonlarning hujumini boshlab berdi va Gluxning uzatmasidan keyin Konate bosh bilan zarba yo‘llab hisobni ochdi. Ivuarlik futbolchi ikkinchi bo‘lim boshida yana bir gol urib, niderlandlarni karaxt ahvolga soldi.
Tabiiyki, «Feyyenoord» taslim bo‘lmadi va bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, javob qaytardi. Haj Mussa himoyachini aldab o‘tib, o‘tkir burchakdan chiroyli gol urdi. Faqat shu kuni qon isini olgan «Zalsburg»ni to‘xtatib bo‘lmadi. Konate penaltidan foydalana olmagan bo‘lsa-da, keyingi hujumda uchinchi gol urildi. Gindo to‘sin ostiga yo‘llagan kuchli zarbasi bilan jamoa o‘ziga kela boshlaganini namoyish etib berdi.
Shaxtyor — Yang Boyz 2:1
Gollar: Zubkov (31), Sudakov (41) — Imeri (27).
Shaxtyor – Riznik, Pedro Enrike, Matviyenko, Bondar, Konoplya, Kriskiv (Stepanenko, 90+3), Bondarenko (Franich, 90+3), de Masedo (Gomes, 79), Sudakov, Zubkov, Eginaldo (Sikan, 68).
Yang Boyz – Keller, Blum, Benito (Lakomi, 33), Atekame, Lauper (Smit, 62), Nyasse, Ugrinich, Imeri (Almada Monteyru, 46), Males (Elia, 62), Kolli (Virjiniyus, 62), Ganvula.
Ogohlantirishlar: Blum (40), Atekame (45+3), Nyasse (70), Konoplya (81).
Uch turda biror g‘alabasi yo‘q jamoalarning o‘zaro to‘qnashuvida «Shaxtyor» «Yang Boyz»ga qaraganda omadliroq chiqdi Shveytsarlar hisobni ochishgandi, ammo raqibga birinchi bo‘limning o‘zidayoq vaziyatni o‘nglashga imkon berdi, ikkinchi bo‘limda esa ukrainlar g‘alabali hisobni saqlab qolishdi.
Kun statistikasi
«Inter» yarimhimoyachisi Hoqon Chalxono‘g‘li faoliyatida ilk bor YeChLda qatorasiga 2 gol urdi.
«Brest» asosiy yevrokubokdagi dastlabki to‘rt o‘yinida 9 gol urdi — bu fransuz klublari uchun «Nant»ning 1966 yilgi debyutidan buyon eng yaxshi natija.
«Feyyenoord» — «Zalsburg» o‘yini boshlang‘ich tarkibidan 18 mamlakat vakillari o‘rin oldi, bu esa turnir rekordi sanaladi.
18 yoshu 243 kun — «PSJ» yarimhimoyachisi Zair-Emeri parijliklarning asosiy yevrokubok doirasida «Park de Prens»da gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi, u Mbappening natijasini yaxshiladi.
Luisa Enrike YeChLdagi o‘yinlarining 44 foizida mag‘lubiyatga uchradi (16 o‘yindan 7 tasida) — bu «PSJ» uchun qatarlik homiylar davridagi eng yomon natijasi.
«Barselona» o‘z tarixida ilk bor mavsum boshidagi 16 o‘yinda 55 gol urdi. Oldingi eng yaxshi natija 1950 yildan buyon saqlanib turgandi.
Umumiy jadvaldagi vaziyat: