Putin Dneprga «Oreshnik» nomli o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketa bilan zarba berilganini ma’lum qildi
Rossiya prezidenti «Oreshnik» raketalariga qarshi turadigan vositalar hozirda mavjud emasligini ta’kidladi. U Ukraina Qurolli kuchlari ATACMS hamda Storm Shadow raketalari yordamida hujum uyushtirgani sabab qo‘llangan.

Foto: kremlin.ru
Vladimir Putin Rossiya qo‘shinlari o‘rta masofaga mo‘ljallangan yangi turdagi «Oreshnik» ballistik raketasini sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi. Bu haqda u 21 noyabr kuni e’lon qilingan murojaatida ta’kidlab o‘tdi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Dneprdagi mudofaa sanoati kompleksi obektiga yadroviy bo‘lmagan gipertovushli ballistik raketa bilan zarba bergan.
Shuningdek, Rossiya prezidentining ta’kidlashicha, «Oreshnik» raketalariga qarshi turadigan vositalar hozirda mavjud emas. «Raketalar 10 max tezlikda nishonga zarba beradi, bu soniyasiga 2,5-3 kilometr degani. Dunyoda mavjud zamonaviy havo hujumidan mudofaa vositalari va amerikaliklar Yevropada yaratayotgan raketalarga qarshi mudofaa tizimlari bu turdagi raketalarni tutib qola olmaydi», — deydi Putin.
RF prezidentining ma’lum qilishicha, Rossiya ushbu sinovni Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) 19 va 21 noyabr kunlari Bryansk hamda Kursk oblastlaridagi nishonlarga ATACMS hamda Storm Shadow raketalari yordamida uyushtirilgan hujumga javob tariqasida amalga oshirgan. Putinning aytishicha, UQK hujumi vaqtida Kursk oblastidagi qo‘mondonlik punktidagilar orasida halok bo‘lgan va yaralanganlar bor, Bryansk oblastiga hujumda esa hech kim jarohatlanmagan.
Putin «Oreshnik»ning qo‘llanishini AQSh o‘rta va kichik masofaga mo‘ljallangan raketalarni ishlab chiqarish hamda joylashtirishni rejalashtirayotganiga javob deb atadi.
Rossiya Qurolli kuchlari 21 noyabr kuni tongda Dnepropetrovsk oblastiga bir necha xil raketalar, xususan, qit’alararo ballistik raketa bilan zarba berdi, deya ma’lum qilgandi Ukraina havo kuchlari. Bu – tarixda ilk marta qit’alararo ballistik raketadan harbiy maqsadlarda foydalanish holati bo‘ldi.
Mavzuga oid

17:19 / 10.03.2025
KXDR Sariq dengiz tomon ballistik raketalar uchirdi

01:44 / 08.03.2025
«Uning o‘rnida har kim ham shu ishni qilgan bo‘lardi» - Tramp Ukrainani bombardimon qilayotgan Putin haqida

21:46 / 07.03.2025
Putin Ukrainada ba’zi shartlarda o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor – Bloomberg

21:32 / 06.03.2025