Olimlar Quyoshning noyob suratlarini tasvirga oldi
Har bir surat alohida 25 ta tasvirdan iborat bo‘lib, ular umumiy kartinani hosil qilish uchun keyinchalik bir-biriga yopishtirilgan.
Yevropa kosmik agentligi (ESA) Quyoshni tadqiq etayotgan Solar Orbiter zondi tomonidan tasvirga olingan yangi suratlarni taqdim etdi.
Mazkur zond bortida Quyosh haqida ko‘proq ma’lumot taqdim etish va uni turli diapazonlarda suratga olishga qodir oltita uskuna mavjud. E’lon qilingan suratlarning aksariyati Quyosh yuzasini, shuningdek, magnit maydoni va plazmali sharning alohida hududlarini tasvirga olishga qodir PHI qurilmasi tomonidan olingan. Yulduzning ushbu hududida harorat 6000 daraja Tselsiyaga yetadi.
Suratlarning bir qismi Yer aholisi har kuni kuzatadigan diapazonni ochib ketgan. Masalan, magnit xaritalar kuch to‘lqinlari maydoni aynan dog‘lar atrofida to‘planganini ko‘rsatmoqda. Bu mazkur hududdagi plazma nima uchun sovuqroq ekanini tushuntiradi. Qizil va ko‘k maydonlar — chiqayotgan va kirayotgan magnit maydon chiziqlarining eng zich joylaridir. Ular zaryadlangan zarralarni Quyosh tubidan yuzaga chiqadigan odatdagi issiqlik konveksiyasini buzgan holda xuddi relslardagi harakatlanishga majbur qiladi. Sariq va yashil maydonlar — magnit maydoni quvvati o‘rtacha bo‘lgan sohalar.
Bundan tashqari, PHI uskunasi taxogrammani tuzishga imkon beradi. Bu Quyosh yuzasining turli qismlari harakati tezligi va yo‘nalishini ko‘rsatib beradigan xarita. Ko‘k sohalar apparat tomon, qizillari esa unga teskari holatda harakatlanmoqda.
Ta’kidlanishicha, PHI’ning yuqori aniqligi tufayli suratlar mozaika ko‘rinishida olingan. Har bir surat alohida 25 ta tasvirdan iborat bo‘lib, ular umumiy kartinani hosil qilish uchun keyinchalik bir-biriga yopishitirilgan.
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi
Jahon | 00:46
-
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
Jahon | 00:16
-
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
Jahon | 23:45 / 05.05.2025
-
Toshkentda Lacetti urib ketgan piyoda vafot etdi
Jamiyat | 23:43 / 05.05.2025
Mavzuga oid

16:48 / 21.01.2025
Sayyoralar paradi: 21 yanvar kuni oltita sayyora bir safga tiziladi

14:19 / 04.01.2025
Superoydan shimol yog‘dusigacha. 2025 yilda ko‘z bilan ko‘rishga arzigulik yettita osmon hodisasi

16:37 / 31.12.2024
Yerga kuchli geomagnit bo‘ron yaqinlashmoqda

18:52 / 24.12.2024