Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi
U 400 nafar o‘quvchini boshqargan, ota-onalarning so‘rovlariga javob qaytargan va kuniga ortiqcha olti soat ishlagan.

Foto: South China Morning Post
Xitoyning Uxan shahrida onlayn platform orqali repetitorlik bilan shug‘ullanuvchi Li familiyali erkak haddan ortiq ko‘p ishlagani sabab vafot etdi, deb xabar beradi South China Morning Post.
Qayd etilishicha, Li universitetni tamomlashi bilan kompaniyaga ishga kirgan. Erkak tez-tez ortiqcha ish yuklamalarini olib turgan va 22 apreldan boshlanishi kerak bo‘lgan ta’tili oldindan ham shunday yo‘l tutgan. Dam olish oldidan Li talabalar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borib, ishdagi qarzlarini yopishga harakat qilgan.
Li yarim kechaga qadar ofisda qolib ketgan va uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bundan xavotirga tushgan. Qiz Liga qo‘ng‘iroq qilgan, biroq u go‘shakni ko‘tarmagan. Ertasi kuni ofisga kelgan farrosh stol ustida hushsiz yotgan erkakka duch kelgan.
Tibbiyot xodimlarining xulosasiga ko‘ra, Li yurak to‘xtab qolishidan vafot etgan — bu esa haddan ortiq stress va charchoqdan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Mahalliy bandlik idorasi Lining o‘limi ish bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlash bilan shug‘ullanmoqda.
25 aprel kuni kompaniya rasmiy bayonot bilan chiqib, xodimning o‘limi ortiqcha ishlash bilan bog‘liq emasligini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, Li vafot etgan kunda barcha xodimlar bayramga taklif qilingan, shu bois o‘sha kuni ortiqcha ish rejimi rejada bo‘lmagan.
Shunga qaramay, tarmoqlarda sobiq xodimlarning ushbu xabarga munosabatlari tarqaldi. Ulardan birining yozishicha, Li 400 nafar o‘quvchini boshqargan, ota-onalarning so‘rovlariga javob qaytargan va muntazam kuniga ortiqcha olti soat ishlagan.
Ofisdagi ish tartibi ham juda qattiq bo‘lgan. Van familiyali sobiq xodimlardan birining aytishicha, o‘rtiqcha ish yuklamalari sabab unda bezovtalik paydo bo‘lgan va o‘tgan yilning oxirida u ishdan bo‘shagan. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, xodimlar hojatxonaga yoki tushlikdagi tanaffusga chiqishdan oldin ham rahbariyatdan ruxsat so‘rashga majbur.
Xitoy mehnat qonunchiligiga ko‘ra, kunlik ish rejimi 8 soatdan, haftasiga ega 44 soatdan oshmasligi kerak. Bir oy davomidagi ortiqcha ish yuklamalari esa 36 soatdan oshishi kerak emasligi belgilangan. Shunga qaramay, mamlakatda «ortiqcha ishlash madaniyati» to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lishni davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

23:25 / 01.08.2025
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi

08:10 / 01.08.2025
AQSh: Xitoyning Rossiya neftini sotib olishi 100 foizlik bojga sabab bo‘lishi mumkin

07:41 / 01.08.2025
Xitoy O‘zbekistonda 500 mln dollarlik investitsiya fondi tashkil etishni taklif qildi

18:33 / 31.07.2025