Adliya vazirligi qoshidagi fondda ishlashini aytib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi

Jamiyat 14:36 / 26.08.2019 2899

2019 yil 20 avgust kuni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tuman IIBga hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, 2018 yil 26 dekabr kuni Parkent tumani Bodomtepa mahallasida yashovchi 52 yoshli M.A. Bardanko‘l qo‘rg‘onida 27 yoshli I.Sh.ga o‘zini Adliya vazirligi qoshidagi «Mehr-Shafqat» xayriya jamoat fondida ishlashini aytib, unga Yuqori Chirchiq tumani Saksonota MFY hududida qurilayotgan namunali uylardan birini hamda davlat tomonidan musodara qilingan «Jyentra» rusumli avtomashinani olib berishini va'da qilgan. So‘ng undan 6 000 AQSh dollarini olib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Shuningdek, M.A. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2019 yil 25 mart kuni Yuqori Chirchiq tumani Yangibozor qo‘rg‘onida Nurafshon shahar Birlik mahallasida yashovchi 32 yoshli O.K. ismli ayolga Iyk ota mahallasida qurilayotgan uy-joy va Toshkent shahar Shayxontohur tumani Navoiy ko‘chasidan 1 ta 4-xonali, 1 ta 5-xonali hamda avtomashina olib berishini va'da qilib, undan 23 900 AQSh dollari olib bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.A. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: