Toshkentda elektrobus va Cobalt to‘qnashdi
Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, elektrobusga hech qanday zarar yetmagan.
Bugun, 8 fevral kuni soat 09:30 larda Mirobod tumani, KHAY ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, «12-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi Yutong rusumli, 40-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan, haydovchi T.O (1964 yil tug‘ilgan, ish staji 37 yil) boshqaruvidagi elektrobus burilib olish vaqtida Cobalt rusumli avtomobil uning chap yonidan chiqib kelib mayda to‘qnashuv sodir etgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, avtobusga hech qanday zarar yetmagan. Shu sabab ikki tarafning o‘zaro kelishuvi asosida harakat davom ettirilgan.
Hozirda mazkur avtobus o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettirayotgani ma’lum qilindi.
Mavzuga oid

07:50 / 27.01.2025
Shahrisabz ko‘chasida Ford Mustang, Tracker-2 va Onix to‘qnashdi

08:30 / 13.01.2025
Mahalliy tadbirkorlar elektrobus, avtobus va mikroavtobuslar ishlab chiqarishni boshlaydi

20:43 / 08.12.2024
Toshkentda elektrobus va ikkita mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

09:28 / 08.11.2024