Shahrisabz ko‘chasida Ford Mustang, Tracker-2 va Onix to‘qnashdi
YTH oqibatida Tracker-2 avtomashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi tan jarohati olgani sababli shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
2025 yilning 27 yanvar kuni taxminan soat 01:20 larda Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasi Comfort Elit do‘koni qarshisida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 2001 yilda tug‘ilgan I.A. boshqaruvidagi Ford Mustang rusumli transport vositasi, 2003 yilda tug‘ilgan X.T. boshqaruvidagi Tracker-2 rusumli transport vositasi, 2005 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi Onix rusumli avtomashinalari o‘zaro to‘qnashuvi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida Tracker-2 avtomashinasi yo‘lovchisi, 2008 tug‘ilgan M.E. hamda haydovchisi tan jarohati olganligi sababli shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

08:10 / 10.03.2025
Sebzor ko‘chasida ikkita Nexia-3 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

15:12 / 06.03.2025
Rossiyadagi YTHda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

19:55 / 03.03.2025
YTHlar va ularning fojiali oqibatlarini kamaytirish – Erali Bozorov qonunchilikdagi o‘zgarishlarning maqsadi haqida

12:06 / 02.03.2025