2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan jamoat transporti ehtiyojlari uchun transport vositalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Respublikada elektrobus, avtobus va mikroavtobuslar ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganib, mahalliy tadbirkorlar va to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilish hisobiga ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihalari boshlanadi.
Yo‘l xo‘jaligi sohasida xususiy sektor faoliyati rivojlantiriladi.
Avtomobil yo‘llarida avtomatlashtirilgan vazn va hajm parametrlari nazorati bo‘yicha statsionar va ko‘chma shoxobchalar o‘rnatiladi va sohaga xususiy sektor jalb qilinadi.
Bunda, 2025 yilda 40 ta o‘lchov-nazorat shoxobchalari o‘rnatiladigan joylarni elektron onlayn auksion savdolari orqali tadbirkorlik sub’yektlariga biriktirish choralari ko‘riladi.
Autsorsing asosida 260 kilometr yo‘llarni ekspluatatsiya qilish ishlariga xususiy sektorni jalb qilinadi.