Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

O‘zbekiston 13:19 3541

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 10 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 11-12 fevralda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10 fevralda -5...-10, 11-12 fevralda -3...-8, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -2...-7, kunduzi 10-11 fevralda 0...+5, 12 fevralda +2...+7; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 10 fevralda -5...-10, 11-12 fevralda -3...-8, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 fevralda kechasi -2...+3, kunduzi 0...+5; 11-12 fevralda kechasi 0...-5, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10 fevralda -2...+3, 11-12 fevralda 0...-5, kunduzi 10-11 fevralda 0...+5; 12 fevralda +2...+7 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 10 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 11-12 fevralda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0...-5, kunduzi 10 fevralda +2...+7; 11-12 fevralda 0...+5 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 fevralda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 fevralda kechasi -5...-10, kunduzi -3...+2; 11-12 fevralda kechasi -7...-12, kunduzi 0...-5 daraja bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: