Rohingya musulmonlari Myanmaga qaytishga qarshi chiqishdi

Jahon 03:01 / 23.08.2019 10691

Bangladeshdagi qochqinlar lagerlaridagi rohingya musulmonlari Myanmaga qaytarilishlariga qarshi chiqishmoqda. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.  

Qochqinlar Myanma hukumati ularga fuqarolik va xavfsizlik kafolati berishini talab qilishmoqda.

“Birorta rohingya talablar qondirilmaguncha qaytishni istamayapti”, deb aytgan jurnalistlarga Bangladesh vakili Abulqalam Abdulmo‘min. Uning aytishicha, Bangladesh hukumati va BMT tomonidan so‘rov qilingan 295 ta oiladan birortasi Myanmaga qaytishga rozi bo‘lmagan.

Ayni vaqtda Bangladeshdagi qochqinlar lagerlarida Myanmadan harbiylar ta'qibidan qochgan 700 mingga yaqin rohingya musulmoni bor.

Avvalroq Myanmada rohingya musulmonlarining qaytishi uchun zarur sharoitlar hamon yaratilmagani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: