Turkiyada O‘zbekistonning ikki fuqarosi vafot etdi

Jamiyat 18:30 / 22.08.2019 14383

“Gaziosmanpaşa Eğitim ve Araştırma Hastenesi” tibbiyot muassasasida uzoq vaqt qandli diabetdan aziyat chekkan O‘zbekiston fuqarosi Sh.T. 21 avgust kuni vafot etdi. Bu haqda mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga tayanib O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, xabar qilinishicha, Chanakkale viloyatidagi davlat kasalxonasida avgust oyi boshida yo‘l-transport hodisasi natijasida mazkur muassasaga joylashtirilgan O‘zbekiston fuqarosi U.M. 18 avgust kuni vafot etdi.

Bosh konsulxona ushbu vaziyatlarni nazoratga olgan va hamyurtlarimizning jasadlarini dafn etish uchun vatanga jo‘natish borasida marhumlarning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildiradi hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarur holatlarda Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: