SIMMA HOTEL – xorijga borishga hojat yo‘q

Jamiyat 09:15 / 21.08.2019 27066

Poytaxt janubida qad rostlagan muhtasham SIMMA HOTEL mehmonxonasi bejirimligi, xizmat ko‘rsatish sifati bilan har qanday nozik didli mehmon talabiga javob bera oladi.

Mehmonxona standart, de-lyuks va lyuks toifasidagi jami 118ta xonaga ega. O‘ziga xos dizaynda bezatilgan keng xonalar zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan. 

Mehmonlar bu xonalarda o‘zlarini shohona his qilishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan.

Xonalar smart tv va vayfay klaviaturalar bilan jihozlangan, mehmonlar tv orqali tezkor internetdan foydalanishlari mumkin. 

Mijozlarga qulaylik yaratish va ular ko‘ngildagidek hordiq chiqarishlari uchun xonalardagi mebellar yetakchi korxonalar tomonidan buyurtma asosida tayyorlangan. 

Mehmonxonaning eng diqqatga sazovor xususiyatlaridan biri - uning akvaparki bo‘lib, akvapark xizmatidan nafaqat bu yerda istiqomat qilayotgan mehmonlar, balki oila a'zolari, do‘st va yaqinlari bilan ko‘ngil yozish istagida bo‘lgan barcha xohlovchilar foydalanish imkoniyatiga ega.

Mehmonlar turk hammomi, fin saunasi, massaj xizmatlaridan foydalanishlari, fitness zalda o‘z salomatliklarini mustahkamlashlari, karaoke, bilyard zali, stol tennisi, kinozalda madaniy hordiq chiqarishlari mumkin.

Shuningdek, tashrif buyuruvchilar istagan vaqtlarida mehmonxonaning keng va shinam restoranida qo‘li shirin oshpazlar tomonidan tayyorlangan Yevropa va milliy taomlardan bahramand bo‘la oladilar. Restoran menyusining yana bir o‘ziga xosligi – tabiiy sharoitda yetishtirilgan baliqlardan tayyorlangan turfa xil taomlardir.  

Mehmonxonaning 150 o‘rinli anjumanlar zali yirik kompaniyalar hamda tadbirkorlar turli tadbir va yig‘inlar o‘tkazishlari uchun juda qulay bo‘lib, zal zamonaviy andozadagi audio va yoritish uskunalari bilan jihozlangan.

Ta'kidlash joizki, SIMMA HOTEL mehmonxonasida xizmat ko‘rsatuvchi 100 nafar xodim yuzlab da'vogarlar orasidan tanlab olingan bo‘lib, ular xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha professional trenerlar qo‘l ostida maxsus treningdan o‘tishgan.  

Bir so‘z bilan aytganda, G‘arb va Sharqning mashhur mehmonxonalari xususiyatlarini o‘ziga jo qilgan SIMMA HOTELda o‘zingizni xorijdagi hashamatli mehmonxonadagidek his etasiz. 

SIMMA HOTEL – xorijga borishga hojat yo‘q.

Manzil: Toshkent shahar, Sirg‘ali 5 mavzesi, Halqa yo‘li. 

Telefonlar: 71 207 29 99, 99 404 44 44

Sayt: simma.uz

Facebook: simmahotel

VKontakte: simma hotel

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: