2024 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti qariyb 115 mlrd dollarga yetdi

Iqtisodiyot 14:43 639

O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2024 yil yakuniga ko‘ra joriy narxlarda 1,45 kvadrillion so‘mni tashkil qildi, deya xabar berdi Statistika agentligi. O‘tgan yilda iqtisodiy o‘sish 6,5 foiz bo‘lgan.

Qayd etilishicha, 2024 yilda AQSh dollarining so‘mga nisbatan o‘rtacha rasmiy kursi 12 652,7 so‘m, 2023 yilda 11 737,2 so‘m, 2022 yilda 11 051,2 so‘m, 2021 yilda 10 610 so‘m, 2020 yilda 10 055,8 so‘mga teng bo‘lgan. Joriy davrda o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha hisoblangan nominal YaIM hajmi 114 mlrd 962 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan.

O‘tgan yilda aholi jon boshiga hisoblangan YaIM hajmi joriy narxlarda 39 mln 131 ming so‘mni yoki 3 092,7 AQSh dollarini tashkil etgan. 2024 yilda aholi jon boshiga YaIM hajmining real o‘sishi 2023 yilga nisbatan 4,4 foiz, 2020 yilga nisbatan esa 19,5 foiz bo‘lgan.

O‘tgan yil 2023 yilga nisbatan YaIM tarkibida xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi 46,2 foizdan 47,4 foizga, sanoatning ulushi 25,3 foizdan 26,4 foizga oshgan, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligining ulushi 21,2 foizdan 19,2 foizga, qurilishniki 7,3 foizdan 7 foizga kamaygan.

Ko‘proq yangiliklar: