Sangardak sharsharasi: zilol suvli xushhavo maskan - video

Jamiyat 16:30 / 21.08.2019 38386

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan Sangardak sharsharasini bilasizmi?

Sariosiyo tumani markazidan qariyb 52 km uzoqlikdagi so‘lim go‘sha dengiz sathidan 2000 metr balandlikda tog‘lar orasidagi Sangardak qishlog‘i yaqinida joylashgan.

Sharshara yer sathidan 120 metr balandlikdan, tog‘ qoyasidan otilib tushadi, uning suvi yoz fasllarida ko‘payadi, kuzdan boshlab kamaya boshlaydi. Mahalliy aholining aytishicha, uning zilol suvi tog‘lardagi muzliklarning erishidan oqib keladi.

Ajib tabiat, salqin shabada bu yerni odamlarning sevimli ziyorat maskaniga aylantirgan. Zilol suvdan tatib ko‘rish va oftob deyarli tushmaydigan xushhavo sharshara manzarasini ko‘rish uchun odamlar oqib kelishadi.

Yaqinda sharshara hududi obodonlashtirildi. Bu yerga tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi. Qizilsuv daryosi sohili xavfsiz holatga keltirildi. Ayni damda sharsharaga eltuvchi yo‘llar kengaytirilmoqda va yangi asfalt yotqizilmoqda.

Sangardak sharsharasi sizga muntazir. 

Ko‘proq yangiliklar: