MyUzcard yangi mobil ilovasi Uzcard tomonidan taqdim etildi

Jamiyat 13:00 / 21.08.2019 21553

«Yo‘l harakati havfsizligi Bosh boshqarmasi xabarnomalari» yangi xizmat turi MyUzcard mobil ilovasi orqali foydalanishga taqdim etildi. Ushbu xizmat turi yordamida mavjud jarimalardan xabardor bo‘lish va unga belgilangan to‘lovni onlayn tartibda amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Yuqoridagi qulaylikdan tashqari MyUzcard mobil ilovasida mahsulot va xizmatlarga, jumladan, kommunal xizmatlari, mobil aloqa, internet, soliq va boshqa xizmatlarga to‘lovlarni amalga oshirish va qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

MyUzcard mobil ilovasi qator innovatsion yechimlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, kartadan kartaga pul mablag‘ini o‘tkazish jarayoni sezilarli darajada soddalashtirilgan, ya'ni pul mablag‘larini yuborish vaqtida qabul qiluvchining karta raqamlarini bilish shart emas. Ushbu mobil ilova orqali kartaning @Username va QR kodlari generatsiya qilinadi hamda ularni qo‘llagan holda pul mablag‘ini boshqa kartaga o‘tkazish imkoniyati mavjud.

Mobil ilovaning interfeysi, bosh ilovasi va funksiyalari foydalanuvchi so‘roviga binoan sozlanishi, uning ustuvorlik jihatlaridan biri hisoblanadi. Umuman olganda, MyUzcard dasturchilari tomonidan foydalanuvchilar uchun dizayner sifatida mahoratlarini qo‘llash imkoniyati yaratilgan. Qo‘shimcha imkoniyatlar qatorida moliyaviy holatni «To‘lovlar tarixi» funksiyasi orqali samarali boshqarish va mamlakatdagi valutalar kursi bilan doimiy ravishda tanishish taklif etilgan.

Ta'kidlash jozki, MyUzcard mobil ilovasi nafaqat mahalliy Uzcard kartalarini, balki Uzcard-UnionPay kobeydjing kartalarini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, ushbu ilovadan mobil qurilmalari va quyidagi yo‘llar orqali foydalanish mumkin:

1. Web-sayt: www.myuzcard.uz

2. Telegram-bot: @MyUzcard_bot

Savol va takliflaringiz bilan MyUzcard call-markaziga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat etishingiz mumkin: (+998 71) 200 28 28.

MyUzcard ilovasini App Store va Google Play orqali yuklab olish mumkin.

MyUzcard ijtimoiy tarmoqlarda:

Instagram: @my_uzcard

Telegram: @myzcarduz

Facebook: fb.com/myuzcard

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: