Baxtdagi moy ishlab chiqarish sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat 14:57 / 21.08.2019 9011

2019 yilning 21 avgust kuni soat 02:05da Sirdaryo tumani Baxt shahar Tadbirkor mahallasi Sanoatchilar ko‘chasida joylashgan “Baxt moy invest” xususiy korxonasiga qarashli moy ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabarida aytilishicha, voqea joyiga zudlikda 6ta yong‘in o‘chirish avtoekipaji yo‘naltirilgan. Birinchi bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 02:17da yetib borgan vaqtida korxonaga qarashli xomashyo saqlash ombori va moy ishlab chiqarish sexining tom qismi ochiq alanga bilan yonayotganligi ma'lum bo‘lgan. Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 02:25da qurshab olinib, soat 04:40da to‘liq bartaraf etilgan.

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Yong‘indan korxonaning 2672 kv. metr maydonda ishlab chiqarish sexi, xomashyo saqlash omborlari va u yerda saqlanib kelinayotgan chigit mahsulotlari saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida xomashyo saqlash ombori va moy ishlab chiqarish sexining 568 kv. metr maydonda tom-shift qismi yong‘indan zarar ko‘rgan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: