«Spark» olib beraman deb aldab ketgan shaxs ushlandi

Jamiyat 13:11 / 19.08.2019 5236

2019 yil 16 avgust kuni Toshkent shahrining Mirobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga qarashli 4-son IIB tergov bo‘limidan hujjatlar tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ularga ko‘ra, shu yil mart oyida Yunusobod tumani 10-dahada yashovchi 41 yoshli B.S., qarindoshi, 64 yoshli M.Yu. ismli ayolning uyida unga imtiyozli kredit asosida foizsiz “Spark” rusumli avtomashina olib berishini va'da qilib, 22 mln. so‘m pullarini olib, bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan. B.S. ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: