Qarshi shahrida «WUNDER CHILDREN» nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ish boshladi

Jamiyat 09:00 / 13.08.2019 4009

Bolalar bizning baxtimiz va kelajagimiz. Ota-ona uchun farzand kamolini ko‘rishdan ortiq baxt yo‘q bu dunyoda. Komillik yo‘lidagi birinchi qadam maktabgacha ta'lim muassasasidan boshlanadi.

Qarshi shahrida ish boshlagan «WUNDER CHILDREN» maktabgacha ta'lim muassasasi aynan siz azizlarga munosib xizmat qilish uchun shay holatda!

Tadbirkor Xurshida Hakimova tomonidan davlat sherikchiligi asosida barpo qilingan ushbu nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi 90 o‘ringa mo‘ljallangan. Tadbirkor nafaqat bolajonlarning yaxshi ta'lim-tarbiya olishiga balki ularning ovqatlanishi, sog‘ligini mustahkamlashiga ham alohida e'tibor qaratgan.

«WUNDER CHILDREN» maktabgacha ta'lim muassasasi keng va yorug‘, zarur jihozlar bilan ta'minlangan. Muassasada mashg‘ulot xonalari, mo‘'jazgina sport zali, hovlida qurilgan kichikkina basseyn bolajonlar ixtiyorida. Dam olish xonalari ham did bilan jihozlangan.

Shuningdek, ushbu muassasada quyidagi xizmatlar va qulayliklar yaratilgan:

  • Logoped, psixolog va eng yaxshi o‘qituvchilar tarkibi;
  • Karate, badiiy gimnastika to‘garaklari;
  • Chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladigan rus tili, ingliz tili, koreys tili va mental arifmetika darslari;
  • Fizioterapiya (massaj, ingalyatsiya, kislorodli kokteyl);
  • 50 xildan ortiq taomnoma;
  • 5 mahal ovqatlanish;
  • 6 kunlik xizmat;
  • Odob-ahloq darslari;
  • Har bir bolaga alohida yondashuv;
  • Zarur jihozlar bilan ta'minlangan keng va yorug‘ xonalar.

«WUNDER CHILDREN» maktabgacha ta'lim muassasasi bolalar 1.5 yoshdan 7 yoshgacha qabul qilinadi.

Xizmat ko‘rsatish haftaning dushanba kunidan shanba kunigacha (olti kunlik), soat 7:00 dan 19:00 gacha.

Manzil: Qarshi shahri, Aralovul mahallasi, Jayhun ko‘chasi, 4/12-uy.

Murojaat uchun telefon: +99891 461-51-62

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: