Angliya kubogi. Husanov gol kiritgan o‘yinda «Manchester Siti» kambek qilib, 1/8 finalga yo‘llanma oldi

Sport 19:19 13877

Pep Gvardiola shogirdlari 3-divizion vakiliga qarshi 1-bo‘limni juda omadsiz o‘tkazishdi. Mezbonlar 16-daqiqada uzoq masofadan zarba yo‘llagach, to‘p «Siti» darvozaboni Ortegaga tegib, darvozadan o‘rin oldi – 1:0.

Birinchi bo‘limning o‘zida debyutant Niko Gonsales jarohat olib maydonni tark etgan bo‘lsa, bo‘limni yomon o‘tkazgan yana bir debyutant himoyachi Vitor Reys tanaffusda o‘rnini Abduqodir Husanovga bo‘shatdi. 

Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan o‘zbekistonlik himoyachi o‘yinda burilish yasay oldi. 56-daqiqada Luisning zarbasidan keyin to‘p Abduqodirga tegib, darvozadan o‘rin oldi – 1:1. Bu Husanovning debyut goliga aylandi.

79-daqiqada esa Kevin de Bryuyne Grilishning uzatmasini golga aylantirib, jamoasining kambek qilishini ta’minladi – 2:1. 

Shu tariqa, «Siti» g‘alabaga erishib, nimchorakfinalga yo‘llanma oldi. «Shaharliklar» 11 fevral kuni YeChL o‘tish o‘yini doirasida «Real»ga qarshi maydonga tushadi.

Angliya kubogi. 1/16 final
Leyton Oriyent – Manchester Siti 1:2

Gollar: 1:0 – 16, avtogol Ortega, 1:1 – 56 Husanov, 1:2 – 79 de Bryuyne.
Leyton Oriyent – Kili, Karri, Xepp, Simpson, Jyeyms, Braun (Boll, 85), Gelbreyt (Obiyero, 86), Jayyesimi (Pretli, 54), Donli (Adjyey, 85), Perkins (Kuper, 65), Kelman.
Manchester Siti – Ortega, Ruben Diash (Stounz, 46), Reys (Husanov, 46), O`Rayli (de Bryuyne, 72), Lyuis, Gundo‘gan, Niko Gonsales (Bernardu Silva, 22), Grilish, Makati (Foden, 72), Savio, Marmush.

Ko‘proq yangiliklar: