2019 yilning 11 avgust kuni soat 14:05da Xiva shahar “Sangar” MFY Elobod ko‘chasidagi 9, 11 va 7-uylarda yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga 6 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar voqea joyiga soat 14:20da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 14:50da qurshab olingan va 15:22da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.
![](https://storage.kun.uz/source/4/vkTB6Xqk3bN3AVFjVww-UGNWEfsPaOkI.jpg)
Yong‘in oqibatida 9-uyning 160 kv.m. maydonda tomi, shifti va uy-jihozlari hamda 11-uyning 40 kv.m. maydonda va 7-uyning 20 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan uylarning 450 kv.m. maydoni saqlab qolingan.
![](https://storage.kun.uz/source/4/MOYNb_K9tnzj5PLqiK5JMDI6TiSqM2U0.jpg)
Yong‘inni qo‘shni uylarga tarqalishiga uylarni qurishda yong‘inga qarshi oraliq masofalar inobatga olinmagan yoki yong‘inga qarshi devorlar qurilmaganligi sabab bo‘lgan. Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.