«Captiva»da chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan shaxs uyiga sog‘-salomat qaytarildi - IIV

Jamiyat 11:07 / 12.08.2019 20121

Joriy yilning 1 avgust kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Beltepa mahallasida yashovchi 19 yoshli K.U. o‘zining “Captiva” rusumli avtomashinasida uyidan noma'lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma'lum qilingandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida hamda fuqarolar bergan ma'lumotlarga asosan K.U. Mirobod tumanida joylashgan Toshkent Temiryo‘l muhandislari instituti oldidan topilib, sog‘-salomat oila a'zolari bag‘riga qaytarildi. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.

“O‘z o‘rnida, ushbu holat yuzasidan ichki ishlar organlariga xabar bergan yurtdoshlarimizga minnatdorchilik bildiramiz”, - deyiladi IIV ma'lumotida.

Ko‘proq yangiliklar: