Toshkentda uch mashina ishtirokida avtofalokat ro‘y berdi. Qurbonlar yo‘q

Jamiyat 00:42 / 07.08.2019 38943

Bugun ijtimoiy tarmoqlar messenjerlarda poytaxtimizning Darxon mavzesida bir nechta avtomobillar ishtirokida ayanchli avtofalokat sodir bo‘lgani haqidagi foto va videomateriallar tarqatildi. 

Mazkur voqea yuzasidan Kun.uz Toshkent shahar Ichki ishlar bosh  boshqarmasiga murojaat qildi. 

IIBB matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, bugun 6 avgust kuni kechki payt poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida uch avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

"YTH natijasida qurbonlar yo‘q.

Dastlabki surishtiruvlardan ma'lum bo‘lishicha, Nissan rusumli avtomashina haydovchisi, 33 yoshli Sh.J. boshqaruvni yo‘qotib, ikki mashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.

YTHning to‘liq sabablari o‘rganilmoqda", - deyiladi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma'lumotida.

Ko‘proq yangiliklar: