Belarusning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston 21:32 509

Aleksandr Ogorodnikov Belarusning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlandi.

«Bugun Tashqi ishlar vazirligida elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik hamda hamkorligimizning ustuvor yo‘nalishlarini va yaqin istiqboldagi rejalarimizni muhokama qildik», — deb yozadi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanaliga.

Shuningdek, u elchiga O‘zbekistondagi yangi diplomatik missiyasi davomida muvaffaqiyatlar tilagan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oxirlarida 2018 yildan beri Belarusning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Leonid Marinich o‘z missiyasini yakunlagan edi.

Avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Turkiya elchisi Olgan Bekarni qabul qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: