Jahon | 17:09 / 06.03.2025
4158
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning AQShdagi yangi elchisi tayinlandi

Putin Aleksandr Darchiyevni Rossiyaning AQShdagi elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Aleksandr Darchiyevni RFning AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Tayinlovga qadar Darchiyev RF Tashqi ishlar vazirligining Shimoliy Amerika departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

27 fevral kuni Istanbulda o‘tkazilgan maslahatlashuvlar chog‘ida Amerika tomoni Darchiyev Rossiyaning AQShdagi yangi elchisi etib tayinlanishi haqidagi kelishuv bilan rasmiy nota taqdim etgandi.

Aleksandr Darchiyev TIV tizimida 1992 yildan beri faoliyat yuritib keladi. U 2005-2010 yillarda Rossiyaning AQShdagi elchixonasida maslahatchi bo‘lib ishlagan, 2014-2021 yillarda Rossiyaning Kanadadagi elchisi bo‘lgan.

Rossiyaning AQShdagi oldingi elchisi Anatoliy Antonov o‘z faoliyatini 2024 yil oktyabrda yakunlagan edi. U 2017 yildan beri elchixonani boshqarib kelayotgandi.

Mavzuga oid