Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron sun’iy intellekt sohasidagi mutaxassislar soni 100 ming kishiga yetkazilishini ma’lum qildi
Fransiya prezidentining ta’kidlashicha, yevropaliklar dunyodagi o‘zgarishlar fonida sun’iy intellekt sohasida o‘z o‘rnini topishi kerak.

Foto: Anadolu Ajansi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2030 yilga qadar sun’iy intellekt sohasidagi mutaxassislar sonini 100 ming kishigacha yetkazish niyatini ma’lum qildi. Bu haqda u 10-11 fevral kunlari Parijda bo‘lib o‘tadigan sun’iy intellektni rivojlantirish sammiti oldidan mahalliy OAVga bergan intervyusida ta’kidlab o‘tdi.
Makronning qayd etishicha, yevropaliklar dunyoda yuz berayotgan o‘zgarishlar fonida sun’iy intellekt sohasida o‘z o‘rnini topishi kerak.
«Aks holda biz nazoratni qo‘ldan chiqaramiz, ushbu bozorni AQSh va Xitoy o‘rtasida shakllanishiga yo‘l qo‘yib beramiz va buning jabrini farzandlarimiz ko‘radi. Biz innovatsiyadan qo‘rqmasligimiz kerak. Innovatsion bozor va platformalar misolida ko‘radigan bo‘lsak, birinchi to‘lqinni ushlagan taraf raqobatda sezilarli darajada ustunlikka ega bo‘ladi», — deydi Fransiya prezidenti. Shuningdek, u Yevropani «zudlik bilan strategik uyg‘onishga» chaqirdi.
Makronning so‘zlariga ko‘ra, 2030 yilga qadar Fransiyada sun’iy intellekt sohasida 100 ming nafargacha mutaxassisni tayyorlash rejalashtirilgan, hozirda ushbu ko‘rsatkich 40 ming kishini tashkil etadi.
«Bizning ekotizimimiz mustahkam. Dunyoda matematik va ma’lumotlar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydigan yetakchilardanmiz. Muammo shundaki, ularning ko‘pchiligi ishlash uchun xorijga ketib qoladi. Biz ularni shu yerda ushlab qolishimiz kerak», — deydi Makron.
Bundan tashqari, Fransiya prezidenti ma’lumotlarni qayta ishlashning 35 ta markazini rivojlantirish rejasi haqida ham gapirdi. «Sun’iy intellekt ishimizda inqilobni yuzaga keltiradi», — deya ta’kidlaydi u.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

09:46 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron

16:52 / 24.07.2025
«Bema’ni uydirma». Makron rafiqasini erkak deb atagan ayolni sudga berdi

14:06 / 24.07.2025
Germaniya va Fransiya FCAS jangovar samolyoti bo‘yicha kelishmovchilikni hal qilmoqchi

07:35 / 18.07.2025