Sankt-Peterburgdagi uy tomida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi

Jamiyat 08:52 / 23.07.2019 40773

O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi (Rossiya) bergan ma'lumotga ko‘ra, 2019 yilning 19 iyul kuni mazkur shaharning Moskva tumanidagi uy tomida O‘zbekiston fuqarosi U.A.ning jasadi topilgan. Politsiya o‘limga elektr toki urishi sabab bo‘lganini ma'lum qildi.

TIV xabarida aytilishicha, Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Vakolatxonasi bilan birgalikda konsullik-huquqiy masalalarni hal qilish va marhumning jasadini vatanga yuborishda yordam berish bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya bildirgan va eslatishicha, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk oblasti, Kaliningrad oblasti, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad oblasti, Murmansk oblasti, Nenets avtonom okrugi, Novgorod oblasti, Pskov oblasti, Sankt-Peterburg shahri, Vologda oblasti) hududida joylashgan fuqarolar zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.

Ko‘proq yangiliklar: