Toshkent shahrida joylashgan MChJlardan biri 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlab foydalangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Toshkent shahri boshqarmasi, IIBB va “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “K.Y.” MChJ mas’ul shaxslari korxona binosidagi elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatib 2 mln kilovatt soat elektrdan o‘g‘rilik yo‘li bilan foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,7 mlrd so‘m zarar yetkazgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.