Toshkent viloyatidagi bojxona postida 2 mln rubldan oshiq pullarni yashirib olib chiqayotganlar fosh etildi

Jamiyat 10:16 / 09.02.2025 1767

Toshkent viloyatida joylashgan “Farhod” chegara bojxona posti orqali 2 mln rubldan oshiq pullarni yashirib olib chiqayotganlar fosh etilgan. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan ikki nafar yo‘lovchi bojxona nazoratidan o‘tayotgan vaqtida o‘z hatti-harakatlari bilan bojxona xodimlarining e’tiborini tortgan.

Shundan so‘ng shubhali harakatlar qilgan yo‘lovchilar belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ko‘rik davomida fuqaroning cho‘ntagida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda deklaratsiyalanmagan 1 mln 460 ming, ikkinchi yo‘lovchida 730 ming Rossiya rubli borligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: