Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boris Jonson – Buyuk Britaniyaning 77-bosh vaziri

Buyuk Britaniyada bosh vazirlik uchun saylovlar natijasi e'lon qilindi.
Natijalarga ko‘ra, sobiq tashqi ishlar vaziri va London shahrining sobiq meri Boris Jonson Birlashgan Qirollikning 77-bosh vaziri etib saylandi. Saylov natijalari jonli efirda e'lon qilindi.
Chorshanba kuni amaldagi bosh vazir Tereza Mey vakolatlarini topshirganidan so‘ng Jonson mamlakat bosh vaziri bo‘ladi. Hukumatning amaldagi bosh vazirdan yangisiga rasman topshirilishi Meyning chorshanba kuni parlamentdagi oxirgi sessiyasidan so‘ng bo‘lib o‘tadi.
Saylovning oxirgi bosqichiga Boris Jonsondan tashqari qirollikning amaldagi Tashqi ishlar vaziri Jyeremi Hant ham yetib kelgandi. Mamlakatda hukmron hisoblangan konservatorlar partiyasi yetakchiligi uchun saylovlarda Boris Jonsonga partiyaning 92 153 nafar vakili ovoz berdi. Jyeremi Hant esa 46 656ta ovoz to‘pladi.
Jonsonning bosh vazirlikka saylanganini qirolicha Yelizaveta II tasdiqlasa, u yangi lavozimga kirishadi.
«Biz Brexit`ni amalga oshiramiz», dedi Jonson saylovlarda g‘olib bo‘lgani e'lon qilingach.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident Chilonzor tumanidagi loyihalar bilan tanishdi
O‘zbekiston | 20:50
-
Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanidagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 20:35
-
Yevropa komissiyasi Ukrainani qayta tiklash jamg‘armasi tashkil etilishini e’lon qildi
Jahon | 20:32
-
Olmaotada o‘zbekistonliklar halok bo‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha sud hukmi chiqarildi
Jahon | 20:30
Mavzuga oid

22:31 / 03.03.2025
Boris Jonson Tramp nega Ukrainaga bosim qilayotganini tushuntirdi

18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi

23:14 / 30.09.2024
Boris Jonson migratsiya inqirozida Fransiya prezidentini aybladi

11:36 / 12.01.2024