Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaotada o‘zbekistonliklar halok bo‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha sud hukmi chiqarildi
Hostel direktori va yong‘in signalizatsiyasini o‘rnatgan shaxslarga qamoq jazosi tayinlandi.

Foto: Reuters
Qozog‘istonning Olmaota shahri Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi hosteldagi (yotoqxona) yirik yong‘in bilan bog‘liq shov-shuvli ishga nuqta qo‘ydi. Eslatib o‘tamiz, 2023 yil noyabr oyida sodir bo‘lgan fojiali hodisada 13 kishi halok bo‘lgan, ulardan ikki nafari O‘zbekiston va ikki nafari Rossiya fuqarosi edi.
10 iyul kuni ikki ayblanuvchiga hukm chiqarildi. Hostel direktori Adilbek Muxamedyarov yong‘in xavfsizligi talablarini buzganlikda, ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lganlikda aybdor deb topilib, besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. U deyarli bir yarim yilni tergov izolyatorida va uy qamog‘ida o‘tkazgan edi, bu muddat sud hukmida inobatga olindi.
Ikkinchi ayblanuvchi, yong‘in signalizatsiyasini o‘rnatgan Aleksandr Pekelnik ham sud tomonidan aybdor deb topilib, to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etildi.
2023 yil 30 noyabr kuni tongida Olmaotadagi hostelda yong‘in ro‘y berib, uning oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan edi. Hostelda jami 72 kishi bo‘lgan, ulardan 59 nafari voqea joyidan mustaqil ravishda chiqib keta olgan.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlarning ikki nafari, ya’ni 2000 yilda tug‘ilgan N.A. va 2000 yilda tug‘ilgan S.K. O‘zbekiston fuqarolari edi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

23:23 / 27.07.2025
Bolqon olov ichida qoldi

16:43 / 26.07.2025
O‘rmon yong‘inlari havo isiyotgani bilan bog‘liqmi? Ularning oldini olish choralari mavjudmi?

15:11 / 26.07.2025
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi

12:45 / 25.07.2025