Nima uchun men Vestminster magistraturasini tanladim?

Jamiyat 11:00 / 22.07.2019 14357

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster univesiteti (TXVU) mamlakatning yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lib, o‘z bilim doiralarini kengaytirishni istagan talabgorlarga magistratura kurslarida tahsil olish imkoniyatlarini beradi. Magistratura kurslarining moslashuvchan jadvali - kunduzgi va kechki darslarning mavjudligi talabalarga o‘quv va ish faoliyatini birdek olib borishga imkon yaratadi.

Toshkent shahridagi Halqaro Vestminster universiteti Biznes boshqaruvi, Tijoriy xuquq, Amaliy iqtisodiyot va O‘qituvchilarni malakasini oshirish maxsus kurs yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura kurslarini taklif etadi.

Quyida magistratura talabalari va bitiruvchilari nega aynan TXVU magistratura dasturida o‘qishni tanlaganliklarini so‘zlab berishdi.

Shahnoza Mirhaydarova, magistraturaning Xalqaro Biznes Boshqaruvi yo‘nalishi talabasi

Men logistika kompaniyasiga rahbarlik qilaman va menedjyer sifatida men avvalo xodimlarni ishga olish va jamoa bilan munosabatlarni qanday to‘g‘ri tashkil etishni bilishim kerak. Bu borada menga magistraturaning birinchi yilida o‘tilgan Kadrlarni boshqarish fani juda katta yordam berdi. Qo‘lga kiritilgan bilimlarni amalda sinash orqali korporativ madaniyat darajasini hamda ishchilarni rag‘batlantirish tizimini oshirishga muvaffaq bo‘ldim va bu o‘z navbatida xodimlarimning samaradorligini oshirishga yordam berdi. Bundan tashqari, Biznes boshqaruvi dasturidan o‘rin olgan marketing fani ham o‘z sohamni chuqurroq tushunishga va bozorning o‘rganilmagan qirralarini topishda katta rol o‘ynadi.

Toshkent shahridagi Vestminster universitetini magistratura uchun tanlaganimning yana bir asosiy sababi bu o‘quv dargohida o‘ziga xos bo‘lgan iliq va do‘stona muhitdir. O‘qituvchilarning interaktiv o‘qitish usullarini qo‘llashi, ularning talabalar bilan ochiq muloqotga doim tayyorliklari talabalarni ular bilan bo‘ladigan muloqotida qiyinchilik tug‘dirmaydi. Shaxsan men bu narsani universitet tanlovida eng muhim omil deb hisoblayman.

Alisher Suyunov, magistraturaning Amaliy Iqtisodiyot yo‘nalishi bitiruvchisi

TXVU talabalarga mustaqil o‘qish va rivojlanishi uchun ajoyib muhit yaratib beradi. Ma'ruza va darsliklarni o‘qitish tezligi talabalarning o‘rganish salohiyati tezligiga qarab tartibga solinadi va bu o‘z navbatida talabalarda amaliy ko‘nikmalar paydo bo‘lishini ta'minlaydi. Ta'lim jarayonida siz tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirasiz, bu esa nostandart yechimlarni topishda, mavjud ijodiy ko‘nikmalarni yaxshilashda yordam beradi. Chunki siz narsalarga turli nuqtai nazardan qarashga, ma'lumotlar manbaining haqiqiyligidan tortib to fuqarolarning hayotiga va ularning farovonligiga ta'sir qiluvchi har bir qarorning potensial samaradorligini tahlil qilishga o‘rganasiz.

Birinchi kurs oxirida Xalqaro oziq-ovqat siyosati ilmiy-tadqiqot instituti (IFPRI-AQSh) va Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Markaziy Osiyo yosh iqtisodchilar mintaqaviy treningida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Treningni yakunlaganimdan so‘ng tanlovda muvaffaqiyatli qatnashib, Vashington shahridagi IFPRI shtab kvartirasida amaliyot o‘tish imkonini qo‘lga kiritdim. Men Vashingtonda global ta'sirga ega bo‘lgan tadqiqotlarni olib borishda kuchli amaliy tajriba orttirdim. O‘ylaymanki, universitetdagi amaliyotlar, xalqaro konferensiyalar va treninglarda ishtirok etish kasbiy rivojlanish va ishbilarmonlik istiqbollari uchun ajoyib imkoniyatdir. Bu talabalarning mustaqil nuqtai nazarini shakllantiradi va ijtimoiy fikrlash doirasini kengaytiradi.

Javohir Karimov, Halqaro Tijoriy Huquq magistratura yo‘nalishi talabasi

Men tijorat ishlari bo‘yicha “Denton’s” kompaniyasida mutaxassisman. Men Toshkent Davlat yuridik universitetida bakalavr darajasini olganman, ammo o‘quv rejasida ingliz qonunchiligini o‘rganmaganman. Hozirda men ishlayotgan kompaniyada mijozlar bilan ishlashda ingliz qonunchiligiga asosan shartnomalar tuzishadi, shuning uchun Toshkent shahridagi Vestminster universitetida magistraturada o‘qish menga katta yordam bo‘ldi, ingliz qonunchiligini asosiy tamoyillarini o‘rganishga imkon berdi. Bugungi kunda, men chet ellik mijozlar bilan ishlashda, shartnoma tuzish va muayyan huquqiy masalalarni hal qilishda ingliz qonunchiligini qanday qo‘llashni bilaman.

O‘quv jarayonining o‘zi standart ta'lim tizimidan katta farq qiladi. Universitetdagi ta'lim muhiti tanqidiy idrok qilish, talabalarni fikrini asoslash, vaziyatni har tomonlama tahlil qilishga rag‘batlantiradi. Bundan tashqari, mustaqil o‘quvga barcha shart-sharoitlarni yaratilgan. Misol uchun, o‘quv-resurs markazi – kutubxona tomonidan taqdim etilgan xizmatlarning barchasi talabaning mustaqil ta'lim olishi uchun yo‘naltirilgan. Kutubxona xodimlari tezda sizga tegishli bo‘lgan resurslarni topish yoki maslahat berishda katta yordamchidir.

Azizaxon Hakimova, O‘qituvchilarning malakasini oshirish maxsus kursi bitiruvchisi

Ushbu kurs mening ta'lim olish va bilim berish haqidagi tasavvurimni yanada chuqurroq anglashga yordam berdi. Seminar va amaliyot davomida o‘tkazilgan suhbatlar, bahs-munozaralar dars berish metodologiyasida hilma-xillik, erkin fikrlash, ijodiy yondashishning qanchalik muhimligini yaqqol ko‘rsatdi. Har bir seminar talabani qiziqtiradigan interaktiv suhbat, munozara, o‘yin va guruh ishi shaklida o‘tkazildi. Kurs qo‘llanmasi va darslar rejasi talabalarga og‘zaki va yozma ravishda taqdim etildi.  Kurs davomida har bir talabadan tushgan taklif o‘qituvchilar tomonidan befarq qoldirilmagani menga juda ham ma'qul keldi.

Magistrlik kurslarida o‘qish uchun www.wiut.uz veb-saytimiz orqali 2019 yil 26 avgustga qadar ariza berishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun: +99871 238 74 45

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: