Janubiy Koreyada ta'lim olish:  Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida Janubiy Koreyaning oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikdagi yo‘nalishlarga hujjatlarni qabul qilish boshlandi

Jamiyat 11:10 / 16.07.2019 5033

Abituriyentlarga ikki yo‘nalish bo‘yicha uchta mutaxassislik taklif qilinmoqda. Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida qabul komissiyasining ishi 2019 yilning 1 iyulidan 15 avgustigacha davom etadi. O‘qitish shartnoma bo‘yicha amalga oshiriladi.

Janubiy Koreyaning oliy o‘quv yurtlari va TATKHKning birgalikdagi tashabbusi talab katta bo‘lgan yo‘nalishlarda kadrlarni tayyorlash imkonini beradi. Ikki har xil ta'lim muassasalaridagi hamkorlikdagi yo‘nalishlarda ta'lim olgan holda, talaba birdan ikki mamlakatda ilmiy yoki mehnat faoliyatini davom ettirishi mumkin.

«2+2» yoki «1,5+2,5» dasturi TATKHKda ikki yoki bir yarim yil davomida, maxsus fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirganda esa yana ikki yoki ikki yarim yil Janubiy Koreyada ta'lim olishni ko‘zda tutadi.

Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida o‘qitish o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Dasturda  talabaning TOPIK 3 darajasini ikki yilda qo‘lga kiritishi ko‘zda tutilgan. Bunda koreys tili chuqur o‘rgatiladi (noldan o‘qitish).

TATKHKda o‘qishni yakunlagan talabalarga mahalliy namunadagi diplom beriladi. Koreys tilidan 3 daraja  (TOPIK) va maxsus fanlar bo‘yicha yaxshi va a'lo baholarni olgan talabalar Janubiy Koreya oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni davom ettiradilar. 4-bosqich talaba-bitiruvchilariga Koreya Respublikasi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr diplomi beriladi.

Bugungi kunda, TATKHK Ulsan universitet kolleji va Puchon universiteti bilan hamkorlikda abituriyentlar uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ta'lim olishni taklif etmoqda:

 «Kompyuter va dasturiy injiniring» 2+2 ta'lim olish tizimi bo‘yicha ro‘yobga chiqariladigan TATKHKning Ulsan universitet kolleji bilan birgalikdagi loyihasi.

Talaba o‘qitiladigan mutaxassislik – «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining konvergensiyasi». O‘qitish yakuniga ko‘ra bitiruvchiga quyidagi ixtisosliklar beriladi: tarmoq ma'muriyatchiligi menejyeri, mobil dasturiy majmua ishlab chiquvchisi; mobil qurilmalarni ta'mirlash bo‘yicha texnik; raqamli  televizorlarni ta'mirlash bo‘yicha texnik.

«Servis va turizm»1,5+2,5 ta'lim olish tizimi bo‘yicha ro‘yobga chiqariladigan TATKHKning Ulsan universitet kolleji bilan birgalikdagi loyihasi.

Talaba o‘qitiladigan mutaxassislik – «Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish». O‘qitish yakuniga ko‘ra bitiruvchiga quyidagi ixtisosliklar beriladi: ma'mur, mehmonxona portesi, uning vazifasi mehmonxona ishini muvofiqlashtirish hisoblanadi; Food and Beverage ovqatlanish bo‘yicha menejyer, u tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatishga zallarni tayyorlash bo‘yicha xodimlar ishini muvofiqlashtirishi lozim; ma'muriy-xo‘jalik xizmati menejyeri – mehmonxona xo‘jaligi ishi sifatini nazorat qilish va yaxshilash bilan bog‘liq masalalarni hal qilish, shuningdek mehmonxona mijozlari uchun maksimal darajada qulay muhitni yaratish uchun mas'ul.

 «Kompyuter va dasturiy injiniring» –  2+2 ta'lim olish tizimi bo‘yicha amaoga oshiriladigan TATKHKning Puchon universiteti bilan birgalikdagi loyihasi.

Talaba o‘qitiladigan mutaxassislik – «Boshqaruv qurilmalarini ishlab chiqish va xizmat ko‘rsatish». O‘qitish yakuniga ko‘ra bitiruvchiga quyidagi ixtisosliklar beriladi: mikrokontrollyor bazasida hisoblash qurilmalarini loyihalashtirish bo‘yicha texnik, uning vazifasiga hisoblash jarayonining talab qilinuvchi yo‘lini rejalashtirish, boshqaruv raqamli qurilmasining funksional sxemasini ishlab chiqish kiradi; apparat ta'minoti texnigi, kommunikatsiya injiniringi texnigi – tarmoqli dasturlashtirish uslubi hamda ma'lumotlarni uzatish, uning uchun protokol uslubini tanlash, ishlab chiqilgan qurilmaga dasturni yaratish uchun mas'ul.

Qabul komissiyasi

Mustaqillik shoh ko‘chasi, 7 (TATKHK) manzili bo‘yicha qabul komissiyasining ishi 2019 yilning 1 iyulidan 15 avgustigacha davom etadi. Hujjatlarning quyidagi to‘plamini taqdim etish zarur:

1.           Diplom/o‘rta ta'lim haqida attestat – asl nusxa

2.           Ro‘yxatdan o‘tgan yashash joyi bilan pasport nusxasi

3.            3x4 shaklidagi fotosuratlar – 4 dona

4.           Ariza

Loyihalar haqida yanada to‘liqroq axborot  www.tpkit.uz saytida taqdim etilgan. Qabul komissiyasiga savollar bo‘yicha 71-236-11-92 telefoni bo‘yicha murojaat qilish mumkin.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: