Bosh prokuratura tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda, deb xabar beradi idora matbuot xizmati.
Xususan, Buxoro viloyati Kogon tumanidagi «K.E.S.S.» MChJ ish yurituvchisi I.M. jamiyatga qarashli issiqxonani tabiiy gaz tarmog‘iga yashirin ravishda ulagani aniqlandi. Oqibatda u 3,7 milliard so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan jamiyat ish yurituvchisi I.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departament ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda o‘tkazilgan tadbirlar davomida elektr va gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 1200 dan ortiq holat aniqlangan. Ularda jami 600 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.