AKFA universitetida kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

Jamiyat 09:00 / 16.07.2019 20363

Joriy yilning sentabr oyida talabalarga o‘z eshiklarini ochishi rejalashtirilayotgan AKFA universitetining kirish imtihonlariga 16 iyul kuni soat 9:00 start berildi. Universitet qabul komissiyasining ta'kidlashicha, 2018/19 o‘quv yilida umumiy hisobda 908 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. 

Imtihon savollarining tuzilishi, imtihonlarni o‘tkazish va tekshirish jarayonlari to‘liqligicha Koreya Respublikasining Gachon universiteti tibbiyot kolleji mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. 

Imtihonlar 3 ta fan: kimyo, biologiya va matematikadan yozma ish ko‘rinishida ingliz tilida o‘tkaziladi. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 300 ni tashkil etadi. Savollar O‘zbekistonning litsey/kollej/maktab dasturiga asosan koreyalik mutaxassislar tomonidan shakllantirilgan.

Shuningdek, AKFA universiteti imtihonlarni ochiq va shaffof kechishini ta'minlash maqsadida jarayonlarni to‘liq ravishda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida translatsiya qilmoqda. 

Ma'lumot uchun, joriy o‘quv yilida ta'lim maskani 200 nafar talabani qabul qiladi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan 100 nafar talaba har semestr davomida bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu jarayon 6 yil davomida har semestrda amalga oshiriladi. 2019/20 yilda talabalarning faqat tibbiyot yo‘nalishida (School of Medicine) tahsil olishlari ko‘zda tutilgan.

AKFA universitetining ijtimoiy tarmoqlardagi va messenjerlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram: t.me/akfauniversity

Facebook: fb.com/akfauniversity   

Instagram: @akfauniversity

Youtube: bit.ly/2xoEsUT

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: