Samarqand viloyati Paxtachi tumanida fuqarolarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish aksiyasi tashkil etildi. Unda tuman ahlidan 150 nafar fuqaro o‘z ixtiyori bilan qatnashib, qon topshirdi. Bu haqda Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.
![](https://storage.kun.uz/source/4/86s_0AqpcMN4NUJjG3Y_e8jzvlaPc39N.jpg)
Mazkur aksiya favqulotda vaziyatlarda bemorlar uchun yetarli qon zaxirasini yaratish, kishilarda doimiy donorlikka bo‘lgan hissiyotni uyg‘otishga hissa qo‘shish maqsadida o‘tkazilgan.
Oldinroq Paxtachi tuman markaziy shifoxonasi hududida mahalli y budjet mablag‘lari hisobidan 124 million so‘mga qon banki bo‘limi tashkil qilingandi.