World Economic Forum rasmiy saytida 2030 yilgacha erishilishi lozim bo‘lgan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ning to‘rtinchisi, ya'ni sifatli ta'limga erishish uchun kichik yoshdagi bolalarni o‘qitishdan tortib, kattalarning savodxonligigacha bo‘lgan holatlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
2030 yilda o‘rta maktabni bitiradigan avlod endigina maktab ostonasiga qadam qo‘ymoqda. Biroq zamonaviy tendensiyalardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, 2030 yilda har oltinchi bola avvalgidek maktabga bormaydi. 10 nafar yoshlardan faqat 6 nafarigina o‘rta ta'limga ega bo‘ladi.
Bu haftada yetakchilar yuqori darajadagi Siyosiy forum – Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030 yilgacha bo‘lgan davri uchun barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibining sharhi uchun rasmiy platformada 2015 yildan beri ilk marta ta'lim sohasidagi rivojlanishni baholadilar.
Agar hozirgi tendensiyalar saqlanadigan bo‘lsa, 2030 yilga kelib, barcha qizlar va o‘g‘il bolalar bepul, adolatli va sifatli ta'lim olish istiqboliga putur yetishi juda real. YuNeSKO Statistika instituti tomonidan e'lon qilingan yangi tadqiqotlar chiqarilmoqda. Hisobotda 4 BRM sohasidagi ta'limda – kichik yoshdagi bolalarni o‘qitishdan tortib, kattalarning savodxonligigacha bo‘lgan barcha maqsadlarning holati tasvirlanoqda. Maqsad - joriy rivojlanish va kamchiliklarni namoyish etishdan iborat. 2030 yilga kelib ta'lim sohasidagi majburiyatlarimizni bajarishni istasak, quyidagi 10 ta holatni hisobga olish zarur:
1. Bugun 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan aholining 20 foizi – 262 million nafarga yaqin bola, o‘smir va yosh maktabga bormaydi. Agar joriy tendensiyalar saqlanib qolsa, 2030 yilga kelib ko‘rsatkich biroz, ya'ni 16,7 foizga qisqaradi (225 million nafar ana shu yoshdagilar). Bundan tashqari, ko‘plab yillar davomida taraqqiyot turg‘un ravishda qoldi, ayniqsa boshlang‘ich ta'lim sohasida.
![](https://storage.kun.uz/source/4/Uy16JLB4ahSS63-DJvP8z7348KE1GAfz.jpg)
(Kuzatilgan holat. Prognoz.
Maktabdan tashqari (%)
Yuqori daromad
O‘rtacha daromad
Dunyo Past daromad )
2. Bolalarni maktabga jalb etishning o‘zi yetarli emas. Maqsad barcha bolalar maktabni bitirishlaridan iborat. Agar joriy tendensiya saqlanadigan bo‘lsa, 2030 yilga kelib, boshlang‘ich maktablarni bitirish 93 foiz, kichik sinflarda – 85 foiz, katta sinflarda esa 60 foizni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlar daromadi past mamlakatlarda sezilarli darajada pasayadi, u yerda 2030 yilga kelib bor-yo‘g‘i 79 foiz bola boshlang‘ich maktabni, 53 foizi esa kichik o‘rta maktabni, 26 foizi esa o‘rta maktabni tugatadi.
3. Tafovut juda katta. Daromadi past mamlakatlardagi eng qashshoq oilalarning 4 foiz bolalarigina o‘rta maktabni bitiradi. Eng badavlat oilalarda 36 foiz qizlar maktabni bitirsa, bu ko‘rsatkich eng qashshoq oilalardagi qizlar uchun 2 foizni tashkil etadi.
4. Agar dunyo eng samarali mamlakatlarda kuzatiladigan ta'lim maqsadlari, taraqqiyot sur'atiga erishishni istasa, ular barcha yerda birdek amalga oshirilishi kerak. Biroq bugun o‘quvchilarning katta qismi mutolaaning minimal darajasiga erishmaydi. Agar ushbu tendensiya saqlansa, o‘rta daromadli mamlakatlarda avvalgi darajada qoladi va 2030 yilga kelib, fransuz tilida so‘zlashuvchi Afrika mamlakatlarida deyarli uchdan bir qismga pasayadi.
![](https://storage.kun.uz/source/4/uTUOVmczjMXb8WDjOTOfOH0eEHx9F_HL.jpg)
(Minimal savodxonlikka erishayotgan o‘quvchilar (%)
5. Maktabgacha ta'limdan foydalanish imkoniyati ortmoqda. Butun dunyodagi besh yoshdagi 69 foiz bola maktabgacha ta'lim yoki tashkiliy ta'limning boshqa shakllariga qatnaydilar. Biroq bu ulush daromadi past bo‘lgan mamlakatlarda 42 foizgacha pasayadi. Agar joriy tendensiyalar saqlansa, global ko‘rsatkich 2030 yilda 82 foizga yetadi.
6. 750 million nafar kattalar bugun o‘qiy olmaydi. Savodxonlik darajasi barqaror o‘sayotganiga qaramay, 2030 yilga kelib yoshlarning 20 foizi va kattalarning 30 foizi daromadi past mamlakatlarda joriy trayektoriya bo‘yicha o‘qiy olishmaydi.
![](https://storage.kun.uz/source/4/L4fRe6YW3yPfXo6_HDes6i39A3okD7Ap.jpg)
(Yoshlar
Savodxonlik darajasi (%)
Kuzatilayotgan holat
Prognozlar
Past daromad
O‘rta daromad
Dunyo
Yuqori daromad)
(Yoshi kattalar
Savodxonlik darajasi (%)
Past daromad
O‘rta daromad
Dunyo
Yuqori daromad)
7. Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika mamlakatlarida malakali o‘qituvchilar ulushi 2000 yildan boshlab kamaymoqda. Bu holat asosan ta'lim sohasidagi o‘sib borayotgan talabni qondirish uchun yollanuvchi – ko‘pincha malakasiz xodimlarni ishga olingani uchun sodir bo‘ldi. Sifatli ta'limni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi pedagogik yondashuvlarga qo‘shimcha tarzda o‘qituvchilarni o‘qitish va ishga olish uchun katta investitsiyalar zarur.
![](https://storage.kun.uz/source/4/DPCnRpCRJs_BNEpU_Bm3wdbbVBNv7WwG.jpg)
Tasvir: UIS database
(Boshlang‘ich ta'lim
Shimoliy Afrika/
G‘arbiy Osiyo
Janubiy Osiyo)
O‘rta ta'lim
Markaziy Osiyo
Lotin Amerikasi/Karib dengizi mamlakatlari
Sahroi Kabirdan janubdagi mamlakatlar
8. To‘rtta mamlakatdan bittadan ko‘prog‘i 4 BRMning ikkita nazorat ko‘rsatkichlariga mos kelmaydi. Ular YaIMning kamida 4 foizi va davlatning ta'lim uchun ajratadigan harajatlarining 15 foizini ajratadi.
9. Past va o‘rta daromadli mamlakatlarda BRM 4 ga erishish uchun har yili 39 mlrd dollar hajmidagi mablag‘ning yetishmovchiligiga qaramay, ta'lim sohasidagi yordam hajmi 2019 yilda turg‘un holatda qoldi, bu ham maktabdan tashqari mashg‘ulotlar ko‘rsatkichidagi tebranishlarga sabab bo‘ldi.
10. Mamlakatlarning yarmidan kamrog‘i hozirda 4 BRMdagi yutuqlar monitoringi uchun boshlang‘ich va o‘rta ta'limdagi natijalar bo‘yicha kerakli ma'lumotlarni taqdim etmoqda. Ma'lumotlar har bir mamlakat uchun hashamat emas, zaruriyat sanaladi. Shuning uchun hamkorlar #FundData’ga murojaat etishmoqda.