Toshkentda «Neksiya» haydovchisi piyodani urib ketdi, u kasalxonada hayotdan ko‘z yumdi

Jamiyat 10:10 / 10.07.2019 8002

8 iyul kuni soat 23:58da “102” raqamiga Olmazor tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB. 

Aniqlanishicha, taxminan soat 23:00da “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi 28 yoshli T.S. Tansiqboyev ko‘chasi tomon THAY bo‘ylab harakatlanishi davomida piyodani urib yuborgan. 

1968 yilda tug‘ilgan, Olmazor tumanida yashovchi T.G. tan shikastlari bilan shifoxonaga olib borilgan va shifokorlarning sa'y-harakatlariga qaramasdan hayotdan ko‘z yumgan.

YTH sababi: piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: