Salkam 580 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

Jamiyat 12:19 1097

Holat “O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat boshqarmasi va gaz ta’minoti korxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan

To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan “A.A.S.B” oilaviy korxonasiga qarashli oshxonada gaz ta’minoti bilan shartnoma tuzmasdan o‘zboshimchalik bilan tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 579,7 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Ko‘proq yangiliklar: