Xonadonida sher bolasini noqonuniy saqlab kelgan fuqaro aniqlandi

Jamiyat 12:17 2326

Viloyat Ekologiya boshqarmasi ma’lum qilishicha, Romitan tumanining Qoqishtuvon mahallasida yashovchi fuqaro o‘z xonadonida yovvoyi sher bolasini noqonuniy ravishda saqlab kelayotgani aniqlangan. 

Mazkur holat Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi, tuman ichki ishlar bo‘limi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan o‘rganildi. Tekshiruv natijasida fuqaro tegishli ruxsatnomasiz yovvoyi hayvonni asrab kelayotgani tasdiqlandi.

Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 92-moddasi 1-qismi asosida huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sud organlariga yuborildi. 

Sher bolasi esa vaqtinchalik hayvonot bog‘iga joylashtirildi. Sud qarori e’lon qilinganidan so‘ng qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: