2019 yilning 1 iyul kuni 15:57da Andijon shahri Yong‘in xavfsizligi bo‘limi dispetcherlik xizmatiga “Sho‘rbuloq” MFYda joylashgan 4ta uyda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
![](https://storage.kun.uz/source/4/X31_5uC-O_FXbY4p7WulrlIf4nJ4neyv.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabariga ko‘ra, voqea joyiga yetib borgan 8 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etilgan hamda yong‘inda fuqarolarni tan jarohati olishlariga va halok bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmagan.
![](https://storage.kun.uz/source/4/0n9KhQqWGRkYjFCSExDV4REnz8MRlfFg.jpg)
Yong‘in oqibatida O‘zbekiston ko‘chasidagi 6-uyning 170 kv.metr maydonda tomi, shifti va uy jihozlari hamda ushbu ko‘chada joylashgan 5-uyning 10 kv.metr, 7-uyning 10 kv.metr va 4-uyning 15 kv.metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.
![](https://storage.kun.uz/source/4/ziDvxizc2wI-CJfqAiBeo9O0ND-kbKp.jpg)
Hodisaning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.