Italiyada huquq-tartibot idoralari xodimlari Sitsiliya mafiyasiga qarshi operatsiya doirasida 180 kishini qo‘lga oldi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar ko‘plab jinoyatlar, xususan, giyohvand moddalar savdosi, qotillikka urinish, tovlamachilik va o‘qotar qurollarni noqonuniy saqlashda gumon qilinmoqda.
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni X ijtimoiy tarmog‘idagi postida bu operatsiya «Sitsiliya mafiya klani Koza Nostra uchun kuchli zarba» ekanini ta’kidladi.
OAV xabarlari shuni ta’kidlaydiki, Koza Nostra bugungi kunda, bir tomondan, o‘tgan asrda ishlab chiqilgan faoliyatni muvofiqlashtirish usullarini qo‘llaydi va boshqa tomondan, kriptovaluta kabi zamonaviy texnologiyalardan faol foydalanadi.
Politsiyaning aytishicha, Koza Nostra hali ham Sitsiliya yoshlarini o‘ziga jalb qilmoqda.