“Qurol to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishdan maqsad nima?

Senat a'zosi Farrux Dadaxodjayev Senatning 20-yalpi majlisida “Qurol to‘g‘risida”gi qonunning asosiy maqsadi qurol va uning o‘q-dorilari muomalasi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish hamda fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini, mulkni himoya qilish va jamoat xavfsizligini ta'minlash ekanligini ta'kidladi.
Senator qonunning bir qancha ahamiyatli jihatlarini sanab o‘tdi. Qurol va uning o‘q-dorilari muomalasining asosiy prinsiplariga quyidagilar kiradi:
- qonuniylik, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, saqlash, huquq va erkinliklarini himoya qilish ustuvorligi;
- sohaga oid xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarilishi;
- axborotning oshkoraligi va undan foydalana olish.
Qonunning ma'qullanishi mamlakatimiz hududida qurol muomalasining huquqiy asoslarini belgilashga, fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki himoyasini ta'minlashga hamda quroldan noqonuniy foydalanishning oldini olishga xizmat qiladi.
Shuningdek, qonunda qurol, o‘qotar qurol, gazli qurol, kalta stvolli qurol, pnevmatik qurol, signal beruvchi qurol, sovuq qurol, uloqtirish quroli, o‘q-dorilar, qurol muomalasi va qurol egasi kabi asosiy tushunchalar ochib berilmoqda. Qonunga asosan, mo‘ljallangan maqsadi, asosiy parametrlari va tavsiflari bo‘yicha qurol fuqaroviy, xizmat va jangovar qurol turlariga bo‘linmoqda.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘azoga zulm qilishda bardavom Isroil, Sudjani tark etgan ukrainlar va Trampdan Rossiyaga sanksiya va’dasi - kun dayjesti
Jahon | 13:46
-
London rossiyalik diplomat va diplomatning rafiqasini chiqarib yuboryapti
Jahon | 13:26
-
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 13:20
-
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
Mavzuga oid

22:34 / 07.07.2019
Farrux Dadaxo‘jayev: «Do‘kondan qurolni sotib olib, yursa bo‘ladi» degan noto‘g‘ri tushunchalar paydo bo‘ldi

16:59 / 01.07.2019
Senator: hamma ham quroldan foydalanish huquqiga ega emas

23:24 / 21.06.2019